Pokistonda taniqli hokimni o’ldirgan shaxs oliy jazo oladi

  • Amerika Ovozi

Salmon Tasir

Pokistonda taniqli hokimni o’ldirgan shaxs oliy jazoga mahkum etildi.

Mumtoz Qadriy yil boshida Panjob viloyati gubernatori, zamonaviy, progressiv qarashlari bilan mashhur Salmon Tasirni o’ldirganini tan oldi.

Qadriy hokimning soqchilaridan biri bo’lgan va rasmiyning din haqidagi o’ta dunyoviy qarashlaridan norozi bo’lgan.

Salmon Tasir diniy ekstremizmni tanqid qilib, dunyoviy siyosatni olg’a surib kelgan edi.

Pokistonda islomni haqorat qilgan shaxsni jazolash haqidagi qonunga qarshi chiqqan ham hokim Salmon Tasir edi.