Oxfam xalqaro gumanitar tashkilotning bildirishicha, Pokiston o’tgan yilgi dahshatli toshqindan hali o’ziga kelmagan va yaqinlashayotgan yomg’irlar mavsumiga tayyor emas.
800 ming oila hamon boshpanasiz, o’n minglab nafari chodirlarda yashaydi, toshqindan ehtiyot choralari yo’q hisob, xususan, daryolar cheti o’ralmagan va qishloqlarga bemalol suv toshishi mumkin.
Hozirdanoq daryolar o’zanidan chiqib, oilalar teparoqqa ko’cha boshlagan.
Hukumat buning oldini olaman, deb hech qancha pul sarflamagan.
Oxfam tashkiloti tasviyasi shuki, donorlar yordamida Pokiston ofatga chidamli uylar qurib, ogohlantirish tizimi barpo etishi lozim.
O’tgan yili kuchli yog’ingarchilik va toshqin 1700 odamni hayotdan olib ketib, 20 million odam uy-joyidan ayrilgan, davlatning beshdan bir qismi suv ostida qolgan edi.
Jangarilar va siyosiy beqarorlikdan zaiflashgan davlatda hosil, yo’llar, maktablar, elektr ustunlari va ko’priklarni suv yuvib ketgan edi.
Pokistonda ildiz otgan korrupsiya bois donorlar pul berishdan bezib qolgan.