Qurol zo'ravonligiga qarshi o'quvchilar yana bosh ko'tardi

  • Amerika Ovozi

1999-yilda Kolorado shtati o’rta maktablaridan biridagi qatliomda 13 nafar inson hayotdan ko’z yumgan edi. Qurbon bo’lganganlarni xotirlash maqsadida maktab o’quvchilari mamlakat bo’ylab dars tashlash harakatini tashkil etdi. Qurol zo’ravonligiga qarshi qaratilgan bu chiqish mart oyida o’tgan namoyishning izi sovib ulgurmasdan boshlanib ketdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Dars tashlash harakati yana boshlandi



1999-yil Kolorado qatliomida qurbon bo’lganlar nomini birin-ketin tilga olib namoyishga chiqqan maktab o’quvchilari Kongress binosi tomon yurishdan avval Oq uy oldida o’z noroziligini izhor qildi.

“Qurol zo’ravonligiga qarshi ekanligimni aytib, hukumat buni to’xtatishini talab qilib keldim”, - deydi Vashingtonda namoyishga chiqqan o’quvchilardan biri.

AQSh bo’ylab maktab o’quvchilari dars tashlashi so’nggi ikki oy ichida ikkinchi bor yuz berishi. Ular bo’layotgan voqeaga befarq emasligini qayta-qayta namoyish etmoqda.

Maktab o’quvchilari qurol zo’ravonligi bilan bog’liq jamoat ishlarida, loyihalarda va saylovlarda faollashgan. Siyosatchiilardan qurolga egalik qilishning oqibatlarini hisobga olgan holda qonunlarni qayta ishlab chiqishni talab qilmoqda.

Bir paytning o’zida Nyu-Yorkda ham qurol nazorati qonunlari va AQSh Qurol-yarog’ assotsiatsiyasiga qarshi shiorlar yangradi.

“O’ylanmanki, bu safar muammolarimizni tushunadigan, ular ustida ishlaydigan nomzodga ovoz berishga imkonimiz bo’ladi. Yarim avtomat qurollar butunlay man etilishi kerak”, - deydi Nyu-Yorkdagi namoyishda qatnashayotgan o’quvchi.

2018-yilning fevralidagi Florida fojiasi o’quvchilarni oyoqqa turg’azib yuborgan edi.

“Biz Kolorado maktabidagi otishmani xotirlab keldik. Fojia bizning maktablarimizda qaytalandi. Bo’ldi, bas, yetar. 19 yil o’tsa ham hech bir chora ko’rilmagan. Biz shu qonunlarni o’zgartirishni talab qilib keldik”, - deydi Florida maktabi o’quvchisi.

2018-yilning 19-aprelida “Tirik qolishimiz uchun ovoz bering” shiori ostida namoyishga chiqqan 200 ga yaqin faol orasida Florida otishmasidan omon qolganlar ham bor edi.

Shu orada otishma bo’lgan maktabdan to’rt soat narida dars tashlash namoyishi fojia bilan yakunlandi. Yurishga chiqqan o’quvchilardan biri boshqa bir o’quvchi tomonidan otilgani xabar qilingach, namoyishlar qoldirilgan.

Tashkilotchilarning aytishicha, mamlakat bo’ylab 2600 dan ortiq o’quv muassasalarida dars tashlash bo’lib o’tgan. Mart oyidagi yirik yurishda ham o’n minglab o’quvchi qatnashgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Maktab o'quvchilari Amerika bo'ylab namoyishda

Minnisota shtatidagi namoyish

Kanzas shtatidagi namoyish

Nyu-Yorkdagi namoyish