Suriya televideniyesi xabariga ko’ra, poytaxt Damashq yaqinida harbiy vertolyot yo’lovchi samolyotga urilib qulagan. Prezident Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan isyonchilar vertolyotni urib tushirganini da’vo qilgan edi.
Bortida 200 yo’lovchini olib ketayotgan samolyot Damashq xalqaro aeroportida hech bir muammosiz qo’ngani aytiladi.
Suriya shimoli-g’arbida esa kuchli portlash 30 odamning yostig’ini quritdi. Britaniyada joylashgan huquq markazi ma’lumotiga ko’ra, Suriya havo kuchlari al-Raqqa viloyatida yonilg’i stansiyasini nishonga olgan.
“Amerika Ovozi” muxbiri Elizabet Arrotning xabar berishicha, Damashq bugun kuchli otishma va janglarga sahna. Ammo Abbosiyin mahallasida ayrim maktablar qayta ochilgan, qo’shni tumanlardan ota-onalar bolalarini olib kelmoqda. Sinfxonalar gavjum.
Bugun, shuningdek, Suriya Milliy Birdamlik vaziri Ali Haydar Damashqda jurnalistlar bilan uchrashib, isyonchilardan qurollarini tashlab, kechirim so’rashini talab qilgan. Ushbu talab bajarilishi amri mahol, deydi matbuot anjumanida qatnashgan muxbirimiz.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun fikricha, Suriya hukumati va isyonchilar mojaroni harbiy yo’l bilan hal qilishga shay ko’rinadi. Jurnalistlar bilan suhbatda bosh kotib urush kelishmovchiliklarga yechim bo’la olmasligi hamda siyosiy dialog ahamiyatiga urg’u berdi.
Suriya masalasi kelasi hafta BMT Bosh Assambleyasi yig’ilishida bosh mavzu bo’lishi kutilmoqda.