Notinch Suriyada yana bir qonli voqea. Hims shahrida poyezd izdan chiqib ketgan, bir kishi halok bo’lgan, bir necha odam jarohatlangan.
Hukumat bu fojiada unga qarshi isyon ko’targan guruhlarni, “terroristlarlar” ni ayblamoqda.
Aleppo shahridan poytaxt Damashqqa ketayotgan poyezdda 480 yo’lovchi bo’lgan.
Hims – namoyishlar markazi. Prezident Bashar al-Assadga qarshilik bu shaharda kuchli va katta sonda qurolli kuchlar safarbar etilib, qo’zg’olonni bostirishga urinmoqda.
Butun Suriya bo’ylab, mart oyidan beri yuzlab insonlar halok bo’ldi. Huquq tashkilotlari hisobiga, hukumat kuchlari qo’lidan o’lganlar soni 1600 dan oshgan.
BMT nazarida Suriyaning repressiv hukumati insoniyatga qarshi jinoyatlar qilgan bo’lishi mumkin. G’arb davlatlari ham shu fikrda.