Turkiya rasmiylari so’zlariga ko’ra, Suriya harbiylari chegaradan turib qochqinlar shaharchasiga o’q uzgan. Natijada besh kishi yaralangan, Livan chegarasida esa tele-operator o'lgan. Qo'shma Shtatlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti voqeani qoralab chiqqan.
Turkiyaning uch viloyatidagi qochqinlari lagerlarida taxminan 25 ming suriyalik jon saqlaydi.
BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Kofi Annan ertaga, seshanba kuni bu shaharchalarga borib qochoqlar ahvoli bilan tanishadi.
BMT belgilagan muhlat ertaga, 10 aprel oxiriga yetar ekan, Suriya hukumati sulh borasida muxolifatga shart qo’ymoqda. Viloyatlardan qo’shinlar olib chiqiladi, lekin oppozitsiya ham otishmani to’xtatamiz deb yozma kafolat berishi lozim.
Birlashgan Millatlar Tashiloti hamda Arab Ligais taklifiga ko’ra, hukumat va muxolifat 10-aprelgacha otishmani tugatishi kerak. Bashar al-Assad hukumati rejaga ko’nganligini rasman e’lon qilgan edi, biroq faollar so’zlariga ko’ra, armiya shahar va qishloqlarni nisonga olishga davom etmoqda. Shanba kuni 130, yakshanba kuni yana 45 odam o’lgan, deydi ular.
Suriya Tashqi ishlar vazirligi so'zlovchisi Jihod Makdessining eslatishicha, yil boshida Arab Ligasi taklifiga muvofiq armiya katta hududlardan chekina boshlagan, isyonchilar esa bundan foydalanib viloyatlarni butunlay nazorat qilishga o’tgani. Bu hol takrorlanishiga yo’l qo’ymaymiz, deydi rasmiy.
Hukumatga qarshi kurashayotgan “Erkin Suriya Armiyasi” qo’mondoni Riad al-Assad BMT taklifiga binoan 10-aprel sulh tuzishga tayyor, lekin bu borada hukumatga biron yozma hujjat bermoqchi emas.
Faollarning aytishicha, qo’shni Turkiya bilan chegarada isyonchilari Suriya qo’shinlari bilan olishib, kamida olti zobitni o’ldirgan.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun rasmiy Damashqni tinch aholiga tinimsiz hujmlari uchun keskin tanqid qilmoqda. “Sizga muhlat berayotib, fuqarolarni o’ldirib qoling deb aytgan emasmiz”, - deydi u.