BMT Suriyada 2600 odam o'lgan desa, Suriya hisobi 1400 atrofida

  • Amerika Ovozi

BMT Suriyada 2600 odam o'lgan desa, Suriya hisobi 1400 atrofida

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, Suriyada mart o'rtalarida hukumatga qarshi namoyishlar va qo'zg'olon boshlanganidan beri 2600 ga yaqin odam o'lgan, aksariyati xavfsizlik kuchlari qo'lidan.

BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Navi Pillay bugun Inson huquqlari kengashida Suriyadagi vaziyat bo'yicha hisobot berib, avgust oyidan beri zulm kuchayganini va bir oyda 400 odam o'lganini ma'lum qildi.

Biroq Suriya prezidentining yordamchisi Butana Shaban BMT bergan raqamlarni shubga ostiga qo'yib, shu kunga qadar 2600 emas, 1400 kishi o'lganini aytdi. Uning nazarida shulardan yarmi hukumat kuchlaridir.