Ukraina Rossiyaga iltifot ko’rsatdi

  • Amerika Ovozi

Ukraina Bosh vaziri Mikola Azarov va Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin

Ukraina Rossiya bilan gaz ta’minoti haqidagi tortishuvni hal qilishga yana bir urinib ko’rmoqchi. Kreml ko’nmasa, aybni o’zidan ko’rsin, deydi Ukraina Bosh vaziri Mikola Azarov.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev yaqinda Ukrainani ortiqcha talablar bilan chiqib, evaziga biror narsa taklif qilmayotganlikda ayblagan edi.

Rossiya gaz narxini pasaytirishga rozi, lekin unda Ukraina Rossiya boshliq va Qozog’iston hamda Belarus a’zo boj ittifoqiga kirsin, deydi Medvedev.

Bundan tashqari, deydi u, Ukraina davlat energetik kompaniyasi aksiyalari qisman Rossiyaga sotilishi kerak.

Gazni shu paytgacha asosan Rossiyadan olgan Ukraina bu tobelikda qutulmoqchi va uning hududi orqali Yevropaga uzatiladigan gaz quvurlari ijarasi uchun Rossiyadan ko’proq pul talab qilmoqda.