21-dekabr kuni AQSh Eron hukumatining qator a'zolariga yangi sanksiyalar qo'ydi, jumladan islomiy respublika bosh prokurori, harbiy qo'mondonlar va fuqarolarni ezishda gumon qilingan boshqa mutasaddilarga.
AQSh Moliya vazirligining qayd etishicha, Eron Bosh prokurori Muhammad Muntaziriy sentabr oyida sudlarga keskin hukmlar chiqarishni buyurgan.
O'sha oyda 22 yoshli talaba qiz hibsda halok bo'lgach boshlangan ommaviy chiqishlarda 14 mingdan oshiq odam qamoqqa olingan.
Hozirgacha tinmayotgan namoyishlarda 500 ga yaqin fuqaro o'lgan.
Buni ham ko'ring AQSh dunyoni Eronda namoyishchilarni quvvatlashga chaqirmoqdaEronning "Imen Sanat Zaman Fara" degan kompaniyasi ham endi sanksiya ostida, chunki u huquq tartibot organlarini zarur texnologiya bilan ta'minlaydi, xususan zirhli avtomobillar va olomonga qarshi ishlatiladigan vositalar.
Eron Inqilobiy gvardiyasi bilan aloqador Basij qurolli kuchlarining qo'mondonlari, shuningdek, gvardiyaning bir necha rasmiysi Amerika qora ro'yxatiga tushgan. Ular namoyishchilarga zarar keltirgan va keltirishda davom etmoqa, deyiladi bayonotda.
Eron hukumati bu cheklovlarni qoralab, Amerikani uning fuqarolarini Tehrondagi hukumatga qarshi qayrayotganlikda la'natlamoqda.
AQSh esa tinch namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatish xalqaro qonunlarga zid ekanini eslatib, barcha davlatlarni Erondagi vaziyatni qoralashga, chora ko'rishga chaqirmoqda.