Vashington 2009-yildan beri Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan yillik maslahat kengashlarini o'tkazadi. Maqsad - oradagi masalalarni bir davrada yuzma-yuz o'tirib, birma-bir ko'rib chiqish, deya bildiradi Davlat departamenti. Bu yig'inlar odatda jurnalistlar uchun ochiq emas.
Xo'sh, ular shu paytgacha qanday samara berdi, degan savolga yetakchi diplomatlar qisqa qilib, "bugun bir-birimizni yaxshiroq tushunamiz", deb javob beradi. Tomonlar bir-biridan nima istashini biladi.
UCHRASHUVLAR
9-dekabr kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSh Davlat kotibi muovini Vilyam Byorns (William Burns) bilan uchrashdi. Deyarli bir soat yopiq eshik ortida davom etgan muloqotda Amerika tomonidan Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomat Nisha Bisvol, Demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo'yicha yetakchi diplomatlardan Uzra Zeya va AQShning Toshkentdagi elchisi Jorj Krol ishtirok etdi.
Komilov, shuningdek, Pentagonda yopiq eshiklar ortida AQSh Mudofaa vaziri muovini Jeyms Miller, keyin esa Oq uy Xavfsizlik kengashi rais o'rinbosari Toni Blinken bilan uchrashdi.
O'zbekiston delegatsiyasida Komilovdan tashqari yana Senat Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi Sodiq Safoyev, Milliy xavfsizlik kengashidan Bobur Usmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi Akmal Saidov, Mudofaa vazirining birinchi muovini Bahodir Toshmatov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo vazirining birinchi muovini Akmal Kamolov, Adliya vazirining birinchi muovini Muzraf Ikromov hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi rais o'rinbosari Odilxo'ja Parpiyev bor.
O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida o'tgan tadbirda tomonlar hamkorlik uchun bir-biriga minnatdorchilik bildirdi va bugun ular qanchalik yaqin ekanini e'tirof etdi.
Davlat kotibi muovini Nisha Bisvol deydiki, Obama ma'muriyati Afg'oniston borasida birga ishlab kelayotgani uchun O'zbekiston alohida tahsinga sazovor. Respublika qo'shni davlatga elektr toki uzatadi hamda xalqaro koalitsiya yuki olib o'tiladigan yo'nalishning ajralmas qismi.
10-dekabr kuni delegatsiya Kongressda bo'ldi. Senat va Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar qo'mitalari a'zolari bilan suhbat qurildi. Demokratlar lideri Nensi Pelosi bilan iliq so'zlar almashilgan. Respublikachi kongressmen Dana Rorabaker O'zbekistonga yordamni oshirishga undayotgan siyosatchilardan. Bu yil Toshkentda prezident Karimov huzurida bo'lgan Rorabaker "Amerika Ovozi" bilan suhbatda O'zbekiston rahbarini Amerikaning do'sti deb ataydi.
MASALALAR
Muzokaralarda biror yangi kelishuv yoki bitim haqida gap ketayotgani yo'q, maqsad- amaldagi hamkorlikni mustahkamlash, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr almashish va yaqin kelajakda ko'zlanayotgan maqsadlarni tushuntirish.
Afg'oniston - asosiy mavzu. Obama ma'muriyati afg'on rahbari Hamid Karzaydan xavfsizlik bitimini tezroq imzolab, 2014-yilning iyul oyidan keyingi ahvol bo'yicha kelishib olishni so'ramoqda. Vashington notinch mamlakatda qancha askar qoldiradi yo umuman qoldirmaydimi, mana shu hamon savol ostida. Kelishuv qog'ozga tushirilgan va Loya Jirg'a, afg'on oqsoqollar kengashi uni ma'qullagan, lekin Karzay 2014-yilning aprel oyida o'tadigan prezident saylovlari oldidan uni imzolamoqchi emas. Vashington esa rejalashtirish vaqt oladi va masala hozirdan hal etilgani ma'qul deydi.
Bu tortishuv davom etar ekan, qo'shni davlatlar, xususan O'zbekiston Amerika Afg'onistonni tark etgach, tahdid oshadi deya xavotirda. Obama ma'muriyatining bunga javobi: Qo'shma Shtatlar mintaqani tashlab qo'ymaydi, barqarorlikni ta'minlashda yordam beradi.
Boshqa tomondan esa Markaziy Osiyoda Rossiya o'z ta'sirini kuchaytirish payida va hukumatlarga bosimni oshirib keladi. Ekspertlarning qayd etishicha, rahbarlar Rossiya bilan ishlashga majbur, lekin Amerika mintaqada kattaroq rol o'ynashda davom etadi, degan umid bor. Chunki, deydi tahlilchilar, barcha respublikalar uchun Vashington bilan hamkorlikda turish Rossiyaga nisbatan ta'sir vositasidir.
11-dekabr kuni AQSh-O'zbekiston yillik maslahat kengashida yuqoridagi masalalardan tashqari quyidagi yuzasidan alohida muloqotlar bo'lib o'tdi: inson huquqlari va qonun ustuvorligi, jumladan axborot erkinligi va siyosiy erkinliklar; iqtisodiy hamkorlik, jumladan sarmoya va O'zbekistondagi muhit; ijtimoiy ko'mak, taraqqiyot dasturlari, jumladan USAID, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi yuritadigan loyihalar. Ta'lim sohasida ham aloqalarni yaxshilash bo'yicha gaplashib olindi.
Alohida urg'u Obama ma'muriyati targ'ib qilib kelayotgan Yangi Ipak Yo'li tashabbusiga ham berildi. Mintaqaviy savdo va transport tizimlarini rivojlantirishni ko'zlovchi bu ulkan loyiha, deydi rasmiylar, Markaziy va Janubiy Osiyoni bir-biriga bog'laydi. Lekin uning amaliyoti avvalo tegishli davlatlar irodasiga bog'liq.
AQSh diplomatlari va nohukumat tashkilotlar, xususan huquq va erkinlik targ'ibotchilari bilan davra suhbati rejalangan. O'zbekiston tomon unda qatnashmaydi. Tadbirda "Ozodlik uyi", "Human Rights Watch" va Jorj Sorosning "Ochiq Jamiyat" jamg'armasi singari Karimov ma'muriyatini qattiq tanqid qilib kelayotgan, uni repressiyada ayblaydigan guruhlar vakillari ishtirok etadi.
HARBIY YORDAM
Muzokaralardagi eng nozik masalalardan biri - AQShning O'zbekistonga harbiy yordami. Shu yil boshida respublikaga chegara xavfsizligini ta'minlashda qo'l keladigan robot moslamalar, 24 dron va'da qilingan edi. Rasmiylarning aytishicha, hali ular topshirilmagan.
O'zbekiston boshqa harbiy uskuna va texnik vositalar ham so'ragan, xususan broneavtomobillar (MRAP) - minalarga chidamli zirxli mashinalar. Vashington bu iltimosni ko'rib chiqmoqda. Afg'onistondan olib chiqiladigan qurol-aslahadan qanchasi O'zbekistonga buyuradi, bu mavhum. Biror narsa berilsa ham asosan chegara xavfsizligini ta'minlash va qoradori savdosiga qarshi kurash uchun ko'zlangani qayd etiladi.
Shimoliy ta'minot tizimi (Northern Distribution Network) - xalqaro koalitsiyaga noharbiy yuk tashiladigan va Markaziy Osiyodan o'tadigan strategik yo'nalish. Kelasi yilning yozidan keyin, ya'ni qo'shinlar chiqib ketgach, u to'xtaydimi yoki boshqa maqsadlarda qo'llaniladimi, bu noaniq.
Afg'onistondagi harbiy kuchlar asosan janubiy yo'llar - Pokiston orqali olib chiqilmoqda. Sabab oddiy, deydi rasmiylar, chunki harbiylarning aksariyati janubda; arzonroq va qulayroq variant shu.
Biroq bu davlat bilan rishtalar tarang ekan, Obama ma'muriyati shimoliy yo'nalishga muqobil imkoniyat deb qaraydi va uni asrab-avaylash ustuvor vazifa.
Afg'onistondan Shimoliy ta'minot tizimi orqali chiqish hali boshlanmagan. Yaqinda O'zbekistondagi tekshiruv punktlarida AQSh maxsus skannerlar o'rnatdi. Maqsad Afg'onistondan chiqayotgan vagonlarni izchil ko'zdan kechirish.
Xo'sh, ular shu paytgacha qanday samara berdi, degan savolga yetakchi diplomatlar qisqa qilib, "bugun bir-birimizni yaxshiroq tushunamiz", deb javob beradi. Tomonlar bir-biridan nima istashini biladi.
Your browser doesn’t support HTML5
UCHRASHUVLAR
9-dekabr kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSh Davlat kotibi muovini Vilyam Byorns (William Burns) bilan uchrashdi. Deyarli bir soat yopiq eshik ortida davom etgan muloqotda Amerika tomonidan Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomat Nisha Bisvol, Demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo'yicha yetakchi diplomatlardan Uzra Zeya va AQShning Toshkentdagi elchisi Jorj Krol ishtirok etdi.
Komilov, shuningdek, Pentagonda yopiq eshiklar ortida AQSh Mudofaa vaziri muovini Jeyms Miller, keyin esa Oq uy Xavfsizlik kengashi rais o'rinbosari Toni Blinken bilan uchrashdi.
O'zbekiston delegatsiyasida Komilovdan tashqari yana Senat Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi Sodiq Safoyev, Milliy xavfsizlik kengashidan Bobur Usmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi Akmal Saidov, Mudofaa vazirining birinchi muovini Bahodir Toshmatov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo vazirining birinchi muovini Akmal Kamolov, Adliya vazirining birinchi muovini Muzraf Ikromov hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi rais o'rinbosari Odilxo'ja Parpiyev bor.
O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida o'tgan tadbirda tomonlar hamkorlik uchun bir-biriga minnatdorchilik bildirdi va bugun ular qanchalik yaqin ekanini e'tirof etdi.
Davlat kotibi muovini Nisha Bisvol deydiki, Obama ma'muriyati Afg'oniston borasida birga ishlab kelayotgani uchun O'zbekiston alohida tahsinga sazovor. Respublika qo'shni davlatga elektr toki uzatadi hamda xalqaro koalitsiya yuki olib o'tiladigan yo'nalishning ajralmas qismi.
10-dekabr kuni delegatsiya Kongressda bo'ldi. Senat va Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar qo'mitalari a'zolari bilan suhbat qurildi. Demokratlar lideri Nensi Pelosi bilan iliq so'zlar almashilgan. Respublikachi kongressmen Dana Rorabaker O'zbekistonga yordamni oshirishga undayotgan siyosatchilardan. Bu yil Toshkentda prezident Karimov huzurida bo'lgan Rorabaker "Amerika Ovozi" bilan suhbatda O'zbekiston rahbarini Amerikaning do'sti deb ataydi.
MASALALAR
Muzokaralarda biror yangi kelishuv yoki bitim haqida gap ketayotgani yo'q, maqsad- amaldagi hamkorlikni mustahkamlash, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr almashish va yaqin kelajakda ko'zlanayotgan maqsadlarni tushuntirish.
Afg'oniston - asosiy mavzu. Obama ma'muriyati afg'on rahbari Hamid Karzaydan xavfsizlik bitimini tezroq imzolab, 2014-yilning iyul oyidan keyingi ahvol bo'yicha kelishib olishni so'ramoqda. Vashington notinch mamlakatda qancha askar qoldiradi yo umuman qoldirmaydimi, mana shu hamon savol ostida. Kelishuv qog'ozga tushirilgan va Loya Jirg'a, afg'on oqsoqollar kengashi uni ma'qullagan, lekin Karzay 2014-yilning aprel oyida o'tadigan prezident saylovlari oldidan uni imzolamoqchi emas. Vashington esa rejalashtirish vaqt oladi va masala hozirdan hal etilgani ma'qul deydi.
Bu tortishuv davom etar ekan, qo'shni davlatlar, xususan O'zbekiston Amerika Afg'onistonni tark etgach, tahdid oshadi deya xavotirda. Obama ma'muriyatining bunga javobi: Qo'shma Shtatlar mintaqani tashlab qo'ymaydi, barqarorlikni ta'minlashda yordam beradi.
Boshqa tomondan esa Markaziy Osiyoda Rossiya o'z ta'sirini kuchaytirish payida va hukumatlarga bosimni oshirib keladi. Ekspertlarning qayd etishicha, rahbarlar Rossiya bilan ishlashga majbur, lekin Amerika mintaqada kattaroq rol o'ynashda davom etadi, degan umid bor. Chunki, deydi tahlilchilar, barcha respublikalar uchun Vashington bilan hamkorlikda turish Rossiyaga nisbatan ta'sir vositasidir.
11-dekabr kuni AQSh-O'zbekiston yillik maslahat kengashida yuqoridagi masalalardan tashqari quyidagi yuzasidan alohida muloqotlar bo'lib o'tdi: inson huquqlari va qonun ustuvorligi, jumladan axborot erkinligi va siyosiy erkinliklar; iqtisodiy hamkorlik, jumladan sarmoya va O'zbekistondagi muhit; ijtimoiy ko'mak, taraqqiyot dasturlari, jumladan USAID, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi yuritadigan loyihalar. Ta'lim sohasida ham aloqalarni yaxshilash bo'yicha gaplashib olindi.
Alohida urg'u Obama ma'muriyati targ'ib qilib kelayotgan Yangi Ipak Yo'li tashabbusiga ham berildi. Mintaqaviy savdo va transport tizimlarini rivojlantirishni ko'zlovchi bu ulkan loyiha, deydi rasmiylar, Markaziy va Janubiy Osiyoni bir-biriga bog'laydi. Lekin uning amaliyoti avvalo tegishli davlatlar irodasiga bog'liq.
AQSh diplomatlari va nohukumat tashkilotlar, xususan huquq va erkinlik targ'ibotchilari bilan davra suhbati rejalangan. O'zbekiston tomon unda qatnashmaydi. Tadbirda "Ozodlik uyi", "Human Rights Watch" va Jorj Sorosning "Ochiq Jamiyat" jamg'armasi singari Karimov ma'muriyatini qattiq tanqid qilib kelayotgan, uni repressiyada ayblaydigan guruhlar vakillari ishtirok etadi.
HARBIY YORDAM
Muzokaralardagi eng nozik masalalardan biri - AQShning O'zbekistonga harbiy yordami. Shu yil boshida respublikaga chegara xavfsizligini ta'minlashda qo'l keladigan robot moslamalar, 24 dron va'da qilingan edi. Rasmiylarning aytishicha, hali ular topshirilmagan.
"O'zbekiston Amerika bilan 2001-yildan beri terrorizmga qarshi kurashda yonma-yon",- deydi respublikachi kongressmen Dana Rorabaker