Qirg’iziston Prezidenti Sooronboy Jeenbekov ikki kunlik rasmiy safar bilan Toshkentda. Tashrif arafasida rasmiy Bishkek ayrim bahsli masalalarni hal qilish yo’lida qarorlar qabul qildi. Jumladan, Issiqko’l sohilida joylashgan to’rt oromgoh O’zbekiston tasarrufiga qaytarildi.
Your browser doesn’t support HTML5
O’zaro tortishuvlarga sabab bo’lib kelayotgan Kosonsoy suv ombori ikkala mamlakat hamkorligida boshqarilishi kelishib olindi. Shuningdek yangi yildan boshlab O’sh - Toshkent aviaqatnovi tiklanishi ham rejalashtirilmoqda.
O’zbekistonda rahbariyat o’zgarishi ortidan jonlana boshlagan ikki tomonlama munosabatlar hozirgi kunda qay ahvolda? Qanday siljishlar, dolzarb masalalar va rejalar mavjud?
“Amerika ovozi” Qirg’iziston - O’zbekiston do’stlik jamiyati raisi, Qirg’iziston davlat arbobi Baxtiyor Fattohov bilan suhbatda bo’ldi.