Debatdan keyingi namoyishlarda Jill Bayden ham qatnashib, Amerika uchun uning turmush o’rtog’i afzalroq ekanini aytmoqda.
Yaqinda AQShning bir necha shaharlarida o’tkazilgan reydlarda sakkiz tojikistonlik hibsga olingani xavotirlarni oshirdi.
Prezident Bayden o'zi xohlab maydonni bo'shatmasa, demokratlarning nomzodi o'zgarmaydi, deydi respublikachi strateg Kris Lachivita.
Iyul oyi oxirida respublikachilar saylovoldi qurultoyida prezidentlikka va vitse-prezidentlikka nomzodlar sahnaga chiqib, poyga yanayam jiddiy tusga kiradi.
“Wall Street Journal” gazetasiga ko’ra, Bayden hozirgi holatida mamlakatni yana 4 yil boshqara olmaydi, demokratlar uning o’rniga boshqa nomzodni ko’rsatish ustida o’ylanishi kerak.
Nyu-Meksiko shtatida yadroviy sinovlardan jabrlanganlar AQSh hukumatidan tovon talab qilmoqda. Ular Kongressdan masalani zudlikda ko’rib chiqib, zararni qoplashni so’ramoqda.
Bayden urush tugashi uchun Rossiya qo’shinlarini Ukrainadan chiqarishi kerakligini yoki Kiyev g’alaba qozonishi kerakligini aytadi. Tramp esa Ukraina hududlaridan voz kechish hisobiga bo’lsa ham Rossiya bilan tezroq kelishishga da’vat etadi.
Bayden Trampning abortga doir qarashlarini tanqid qilishi, uni demokratiyaga tahdid deb bilishi mumkin. Tramp esa Baydenning aqliy salomatligini savol ostiga qo’yib, 3-jahon urushiga turtki bermoqchi bo’layotganlikda ayblaydi.
Seks biznesini yurituvchilar uchun odamlar mahsulotdir. Har bir bola yoki qizdan ular yiliga 150-200 ming daromad oladi, deya qayd etadi "Ko'rinmas farishtalar".
AQShda 10 yil yashagan 500 mingga yaqin odam deportatsiyadan xoli bo’ladi, ishlashga hamda doimiy yashashga ruxsat beruvchi hujjat olishga AQShni tark etmay ariza berishi mumkin bo’ladi.
May oyida o’z tarafdorlari qarshisida so’zlar ekan, Donald Tramp prezidentlikning uchinchi muddatidan so’z ochdi. U o’z da’volarini Prezident Franklin Ruzveltning ketma-ket to’rt marta saylangani bilan asoslashga urindi.
So’rovlarga ko’ra, AQSh aholisining uchdan bir qismi o’qotar qurolga ega. Milliy qurol assotsiatsiyasida so’zlar ekan, Tramp qurol egalari uni qayta saylashini aytdi.
Ko'proq...