AQShda prezidentlik saylovlari yaqinlashar ekan, saylovchilar o‘rtasidagi siyosiy tafovut ham kuchayib bormoqda.
Bayden taklif etgan islohotlar amalga oshishi uchun Kongress qonun qabul qilishi kerak, biroq qonunchilik organidagi mafkuraviy bo’linish bunga imkon bermaydi.
Sobiq prezident Donald Tramp qayta saylansa bir kundan oshiq diktator bo’lmasligini aytadi. Biroq davlat rahbari o’z vakolatini oshirishga harakat qilsa-chi?
Harris to‘qqiz oylik urush davomida G‘azoda yuz bergan qurbonlar sonidan va u yerdagi “qo‘rqinchli” gumanitar vaziyatdan chuqur xavotirda ekanini aytgan.
Bayden xalqqa qilgan murojaatida nima uchun saylovdan nomzodini qaytarib olgani va prezidentligining so’nggi oylarini qanday o’tkazishi haqida ma’lumot berdi.
Bayden saylov poygasidan chiqqanidan so’ng o’tkazilgan so’nggi ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, saylov bugun o’tkazilsa, Harris 44 foiz, Tramp 42 foiz ovoz olgan bo’lardi.
“Reyter” axborot agentligi g’azoliklarning ham mavzu bo’yicha fikri bilan tanishdi. Falastinliklar Oq uyda kim bo’lishi ularning hayotiga qattiq ta’sir qilmasligini aytadi.
Syezdda so’zga chiqqan notiqlar Tramp o’q yeb qochmaganini ta’kidlarkan, qaddini rostlab, qo’lini musht qilib havoga ko’targanini dovyuraklik, o’limdan qolganini ilohiy mo’jiza deb atadi.
Fotojurnalist Evan Vuchchi saylovchilar bilan uchrashuvda Donald Trampga o’q uzilgan onlarni suratga muhrladi – foto tarixiy hujjatga aylandi.
“Pora naqd pul, oltin quymalari, “Mersedes-Bens” mashinasi ko’rinishida olingan. Bob Menendesning yillar davomida mansabini eng ko’p pul taklif etuvchi xaridorga sotishiga nihoyat chek qo’yildi”, - deydi federal prokuror Damian Uilyams.
Trampning so'nggi saylovlardagi raqiblari senatorlar Ted Kruz va Marko Rubio, sobiq vazir Ben Karson va Florida gubernatori Ron Desantis Tramp nomzodini qo’llab-quvvatlashini bildirdi.
1005 nafar kishi orasida oʻtkazilgan so’rovning ko’rsatishicha, amerikaliklarning 55 foizi immigratsiyani kamaytirish kerak deb hisoblaydi.
Ko'proq...