Prezident Jo Bayden tomonidan imzolangan Milliy kontrrazvedka strategiyasida asosiy raqiblar sifatida Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya ko‘rsatilgan.
Xitoy bilan ziddiyat kuchayar ekan, AQShning bir qator shtatlari bu mamlakatga sarmoya kiritishni cheklash yo'lidan bormoqda.
60 yoshli siyosatchi Milliy gvardiyada xizmat qilgan, maktabda sport murabbiysi bo’lib ishlagan, 2006-yilda Vakillar palatasiga saylanib, 12 yil qonunchi bo’lib ishlagan, 2018-yilda Minnesotada gubernatorlikka saylangan.
Demokratlar elektoratining katta qismi Baydenning Isroilga xayrixohligidan norozi ekan, Harris Isroil hujumlarida o’layotgan falastinliklarga hamdardligini namoyish etmoqda.
AQShda prezidentlik saylovlari yaqinlashar ekan, saylovchilar o‘rtasidagi siyosiy tafovut ham kuchayib bormoqda.
Bayden taklif etgan islohotlar amalga oshishi uchun Kongress qonun qabul qilishi kerak, biroq qonunchilik organidagi mafkuraviy bo’linish bunga imkon bermaydi.
Sobiq prezident Donald Tramp qayta saylansa bir kundan oshiq diktator bo’lmasligini aytadi. Biroq davlat rahbari o’z vakolatini oshirishga harakat qilsa-chi?
Harris to‘qqiz oylik urush davomida G‘azoda yuz bergan qurbonlar sonidan va u yerdagi “qo‘rqinchli” gumanitar vaziyatdan chuqur xavotirda ekanini aytgan.
Bayden xalqqa qilgan murojaatida nima uchun saylovdan nomzodini qaytarib olgani va prezidentligining so’nggi oylarini qanday o’tkazishi haqida ma’lumot berdi.
Bayden saylov poygasidan chiqqanidan so’ng o’tkazilgan so’nggi ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, saylov bugun o’tkazilsa, Harris 44 foiz, Tramp 42 foiz ovoz olgan bo’lardi.
“Reyter” axborot agentligi g’azoliklarning ham mavzu bo’yicha fikri bilan tanishdi. Falastinliklar Oq uyda kim bo’lishi ularning hayotiga qattiq ta’sir qilmasligini aytadi.
Syezdda so’zga chiqqan notiqlar Tramp o’q yeb qochmaganini ta’kidlarkan, qaddini rostlab, qo’lini musht qilib havoga ko’targanini dovyuraklik, o’limdan qolganini ilohiy mo’jiza deb atadi.
Ko'proq...