Prezident Donald Tramp 20-yanvarda imzo chekkan farmon USAIDni tubdan isloh qilishni buyurgan edi. 10 mingdan oshiq xodim va 90 dan ziyod davlatda vakolatxonaga ega agentlik bir kunda yopilgan.
Keng tarqalgan usullardan biri bu mahsulotni boshqa mamlakatga yuborish va u yerda "Made in China" yorlig‘ini almashtirishdir.
“iPhone” va aksariyat “Apple” mahsulotlari Xitoyda ishlab chiqariladi. AQShda asoslangan multinatsional kompaniya o’z sanoatini Vyetnam va Hindiston tomon ham kengaytirgan.
AQSh musulmonlari Ramazonni falastinlik bolaning qotili aybdor topilgan sanada boshladi. XAMASning Isroilga hujumi ortidan yuz bergan bu qotillik islomofobiyaga asoslangan jinoyat deb topildi.
WHUR radiosi yarim asrdan buyon AQSh poytaxti Vashingtondan efirga chiqadi. Tijoriy stansiya tarixan afro-amerikaliklar o’quv dargohi sanalmish Xovard universitetida joylashgan.
Bir yarim oy oldin ikkinchi bor prezidentlik qasamyodini qilgan Donald Tramp Kongressga mamlakatning ayni damdagi ahvoli haqida hisobot berdi. Respublikachilar uni olqishladi, muxolifat, ya'ni demokratlar undan norozi ekanini namoyish etish uchun chapak chalmadi.
Bosh qomus prezidentdan yillik hisobot talab qilmaydi, ammo davlat rahbarining Kongressga borib, mamlakat ahvoli haqida nutq qilishi - siyosiy an'ana.
Donald Tramp prezidentlikning ikkinchi muddatida ilk bor Kongressga va shu tariqa Amerika xalqiga hisobot bermoqda. Tafsilotlar shu kanalda.
Kanada, Meksika va Xitoy AQShning 4-martdan kuchga kirgan yuqori tariflaridan norozi, keskin javob berish harakatida. AQSh mahsulotlari importi ham endi katta to'lov bilan yuzlashadi.
Vashington Xitoydan kelayotgan elektronika mahsulotlari, noutbuk kompyuterlar, videoo’yin uchun moslamalar, bluetooth qurilmalariga qo’shimcha boj to’lovlari qo’ydi.
Bu kabi chiqishlarda davlat rahbari odatda ma’muriyatining ichki va tashqi siyosatini tushuntiradi. Tramp bu yilgi murojaatida Ukraina urushi va Yaqin Sharqdagi vaziyatga e’tibor qaratishi kutilmoqda.
Qo’shma Shtatlar Yombi Depozitariysi, afsonaviy Fort-Noks yana diqqat markazida va Prezident Donald Tramp "oltin joyidami" degan savolga javob izlamoqda.
Ko'proq...