Breaking News

Islom Karimov va AQSh: chorak asrlik rishtalar

AQSh O'zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo'lib tan olgan va diplomatik aloqalar o'rnatgan. Prezident Islom Karimov Vashingtonga 1996 va 2002-yillarda safar qilib, Amerikaning o'sha davrdagi rahbarlari bilan uchrashgan. Hozirda AQShda prezidentlik uchun kurashayotgan demokrat Hillari Klinton O'zbekiston rahbari bilan til topisha olgan. Klinton xonim, Prezident Bill Klintonning rafiqasi sifatida 1997-yilda O'zbekistonga safar qilgan. Davlat kotibasi sifatida esa u 2010 va 2011-yilda Toshkentga tashrif buyurgan. 1996-yilda Prezident Bill Klinton va 2002-yilda Prezident Jorj Bush bilan uchrashgan Karimov Prezident Barak Obama bilan ko'rishmagan lekin orada telefon muloqotlar bo'lgan. Davlat kotibi Jon Kerri 2015-yilning oxirida Samarqandda Karimov bilan muzokaralar olib borgan edi. Vashington O'zbekistonni hamkor davlat deb biladi va uni 27 yil boshqargan Karimov, AQSh nazarida, uddaburo va tayansa bo'ladigan sherik edi.

XS
SM
MD
LG