Breaking News

Doktor Fauchi: Choralarni yumshatishga hali erta


Doktor Enthoni Fauchi, AQSh Yuqumlik kasalliklarga qarshi instituti rahbari, hozirda Oq uy maslahatchisi
Doktor Enthoni Fauchi, AQSh Yuqumlik kasalliklarga qarshi instituti rahbari, hozirda Oq uy maslahatchisi

Doktor Enthoni Fauchi, AQSh Yuqumli kasalliklarga qarshi institut rahbari, hozirda Oq uy maslahatchisi, Amerika hukumati va xalqiga eslatmoqdaki, ayrim hududlarda koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshilana boshlagani amaldagi choralarni yumshatish kerak degani emas.

"Sog'likni saqlash va pandemiyaga qarshi kurash bo'yicha choralar hali ham juda zarur", - deydi Fauchi.

"Hozir o'ta og'ir hafta oxiridamiz, bilamizki, ko'plab shtatlarda pandemiya sal bo'lsa ham chekina boshladi. Bu albatta choralar samara berayotganidan darak. Shu bois ehtiyotkorlik har doimgidan ham muhim".

Prezident Donald Tramp choralar joyida qoladi, deydi. Lekin AQSh qimmatbaho qog'ozlar bozorida bu hafta kuzatilgan jonlanish mamlakat iqtisodi va moliyaviy tizimi hamon baquvvat ekanidan darak.

"Pandemiyani yenga boshlasak, tabiiyki, iqtisodimiz yana kuchayadi", - deydi Tramp.

Shu kungacha ajratilgan moliyaviy ko'mak samara beradi, deydi prezident.

Oq uy oziq-ovqat ta'minotiga e'tiborni oshirmoqda. Dehqonlar, fermerlar va chorvadorlar uchun yuzlab milliard dollarga teng madad ko'rsatiladi, ularga imtiyozlar oshirilmoqda.

Shuningdek, deydi Tramp 10-aprel kungi brifingda, Amerikada bemorlar uchun joy va sharoit yetarli. Dori-darmon va preparatlar ham ta'minlangan. Yangilari chiqmoqda va vaksina ustida harakat avjida.

"Pandemiyaga qarshi kurashayotgan har bir amerikallikka ta'zim qilamiz. Siz xalqimizning hayotini asrayapsiz, har kuni", - deydi Tramp.

Bir oycha oldin prezident nasroniylarning Pasxa bayramigacha, ya'ni 12-aprelgacha Amerika normal hayotga qaytishni boshlaydi, degan edi. Lekin bu paytga kelib, pandemiya yanada kuchaydi.

Ayni damda AQShda koronavirusni yuqtirganlar 500 mingga yaqinlashgan, o'lganlar esa 20 mingga. Jahon bo'ylab bu kasallikka chalinganlar qariyb 1,7 million, vafot etganlar esa 100 mingdan ziyod. Tuzalganlar butun dunyoda jami 370 ming.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG