Breaking News

Faryoblik qochqinlar och-nahor, kelajak mavhum


Vatanida sargardon afg'onlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:00 0:00

Vatanida sargardon afg'onlar

Afg’onistonda davom etayotgan urushlar natijasida minglab odamlar uy-joylaridan ayirilgan. Ular og’ir sharoitda yashamoqda. “Amerika Ovozi” qochqinlar vaziyati bilan yaqindan tanishdi.

Besh yildirki, Afg'oniston muntazam ravishda bolalar uchun eng xavfli mamlakat bo'lib qolmoqda. BMTning yosh va qurolli mojarolar haqidagi hisobotida Afg'oniston shunday ta'riflanadi.

Arsalon ismli kichkintoy suhbatdoshimiz to’qqiz oydirki qishlog’idan yiroqda. Uni qaqshatqich janglar Shibirg’onga qochib kelishiga majburlagan. Faryob viloyatining Jumabozor tumanidan.

“Sakkiz oy oldin janglar bois qochib keldik. Onam bilan keldim, otamni toliblar qaytgani qo’ymadi. Issiq bo’lsa devorni soyasiga borib o’tiramiz. sovuqda chodirlarimiz og’zini yopib qo’yamiz. Tinchlik bo’lsa, biz ham uyimizga qaytsak, maktab o’qisak”,- deydi Arsalon.

Xoki Shijouddin ismli otaxon uyiga Tolibon tomonidan o’t qo’yilganini, janglarda turmush o’rtog’i vafot etganini aytadi.

“Bir o’g’lim davlatda edi. Toliblar o’yimizni yoqib yubordi. Ayolim va ikki ho'kizimiz o’ldi. Ramazonda boylar yordam berdi. Davlat hech qanday yordam bermagan. Bir o’g’lim shu yerda mardikorchilik qiladi, topib kelsa yeymiz, bo’lmasa och yotamiz. Tinchlik bo’lsa albatta uyimga qaytaman. Lekin hozir borolmayman, borsam, o’g’lingni olib kel deydi toliblar. O’g’limni olib borsa, o’ldiradilar. O’g’limni o’ldirgandan o’zimni o’ldirgani yaxshi”,- deydi Xoki Shijouddin.

Hayitda qochqinlarga ham sal yordam berildi, keyin esa ulardan hech kim xabar olmay qo'ydi
Hayitda qochqinlarga ham sal yordam berildi, keyin esa ulardan hech kim xabar olmay qo'ydi

Qochqinlarning ko’pchiligi bolalar va ayollar. Biz kirib ko’rgan chodirlarda yegulik-ichgulik hech narsa yo’q. jazirama kunlarda chodirlar ostida qochqinlarning qanday hayot kechirayotganini tasavvur qilish qiyin.

“Chol erim va birgina o’g’lim bor edi, o’g’lim ham o’ldi. O’zim yig’layman, o’zim ko’naman. Osmondan qo’lim uzildi, yerdan oyog’im. Yegulik hech narsa topmasam, suv ichib kun o’tkazaman”,- deydi faryoblik ona.

Yana bir ayol:

“Erim giyohvandlikka mukkasidan ketgan. davlatga askar edi. Bu yerda ham hech kim ish bermadi. Ishsiz edi, chekib yurdi, ro’zg’orga qaramadi, bolalarga qaramadi. Kasalxonada yotibdi, har kuni telefon qilib, ochman, yegudik biror narsa olib kelgin deydi, men qayerdan qilib olib boray. Bolalarning ust-boshiga topmasam, kiyishga hech narsamiz bo’lmasa, bu qanday davlatki, qaramaydi”.

Qochqinlarning farzandlari o’qish va tibbiy xizmatlardan mahrum. Kelajak mavhum.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG