AQSh Venesuelaga nisbatan sanksiyalari natijasida dengizda ishlaydigan bizneslar neftchi sotsialistik davlat bilan hamkorlikni kesmoqda.
Venesuela dunyoda neft boyliklarining 20 foiziga egalik qiladi. 2019-yilgacha AQSh bu davlatdan qora oltin import qilar edi, lekin o'tgan yilning boshida sanksiyalar qo'yib, mahsulot olmay qo'ydi. Neft Venesuelada eksport daromadining 95 foizini tashkil etadi.
Amerika choralari natijasida Veneseula neft eksporti oxirgi 80 yilda eng past darajaga tushgan. Prezident Nikolas Maduroning sotsialist hukumati Vashingtonni uning mamlakatini ocharchilik tomon yetaklashga urinayotganlikda ayblamoqda. Yegulik va dori-darmon yetishmovchiligi kengayib bormoqda.
AQSh Maduroni 2018-yilgi saylovda xalqni aldaganlikda, shuningdek, o'z xalqiga nisbatan muntazam zulm va adolatsizliklarda ayblaydi. Venesuela ancha yillardan beri iqtisodiy inqirozda.
Amerika uning va u bilan aloqador biror biznesning Venesuelaning johil hukumatiga qaysidir jihatdan yordam berishini yoki uzoqdan bo'lsa ham hamkorlik qilishiga yo'l qo'ymaydi, deydi Vashingtonning bu masala bo'yicha maxsus rasmiysi Elliott Abrams.
"Dengizdagi biror kema yoki uning egasi, sug'urtachilar yoki suv orqali yuk tavushchilar, hech kim Venesuela bilan ishlamaydi", - deydi Abrams.
"Harakat qilishsa, jazolaymiz va bu ularga qimmatga tushadI".
Sanoat vakillariga ko'ra, AQSh bosimni kuchaytirgan va bu dunyo bo'ylab sezilmoqda.
Londonda asoslangan "Lloyd's Register" (LR) - dunyoda kemalar faoliyati bo'yicha eng yirik idoralardan biri. LR hozirda Venesuela bilan ishlaydigan sakkiz tanker ishini to'xtatgan.
"Saksiyalarga amal qilish kerak. Bundan bosh tortganlarga nisbatan chora ko'riladi. LR shu bois tegishli qadamlar tashlamoqda", - deya tushuntiradi idora vakili.
Iyun oyida AQSh Gretsiyaning dengiz orqali yuk tashuvchi ikki kompaniyasi hamda ularning Venesuela bilan ishlovchi olti tankerini ogohlantirgan edi.
Germaniyaning "DNV GL Maritime" kompaniyasi ham Vashington bosimi ostida Venesuela bilan biznesni kesgan.
Amerika choralariga qarshilik qanchalik kuchli bo'lmasin, bizneslar avvalo o'z nufuzi haqida qayg'uradi, deydi tahlilchilar, chunki jahon bozoridagi nomning bulg'anishi uzoq muddatli zarardir. Sanksiyalarga bosh egmasa, AQSh qora ro'yxatiga tushadi, bu esa undan chiqmaguncha biznes orqaga ketdi, demakdir.
Jahon biznes sug'urta sanoatida Venesuela eng xavfli davlatlardan biri deya belgilangan.
"Yuk tashuvchi kema Venesuelaga bormoqchi bo'lsa, birinchidan, sug'urta olish ahrim mahol, ikkinchidan olgan taqdirda ham biror ko'rgulik bo'lsa, sug'urtachi uni qoplamaslik ehtimoli yuqori', - deydi Nil Roberts, britaniyalik ekspert.
Panama va Liberiya singari yuk tashuvchi kemalar sanoati rivojlangan mamlakatlar ham hozir har bir kemasi faoliyatini qayta ko'qib chiqmoqda. AQSh ularni ham alohida ogohlantirgan.
Bu sanksiyani ish chiqish va uni amalga oshirishda AQSh Tijorat vaziri Uilbur Rossning xizmati katta, deydi rasmiylar. Tramp ma'muriyati a'zolari Venesuela borasida yakdil.
Facebook Forum