AQSh Vakillar palatasi va Senati a'zolari bugun noyabr oyida o'tgan prezidentlik saylovlari natijasini tasdiqlash uchun yig'ildi. Ayni paytda Tramp tarafdorlari to'planib, saylov natijalarini bekor etilishini talab qilmoqda.
Namoyishchilar Kapitoliy binosiga bostirib kirgandan so’ng, qonunchilar qo'shma majlisni vaqtincha to'xtatishga majbur bo’lgan, ular evakuatsiya qilingan.
Bundan avvalroq Prezident Donald Tramp tarafdorlari bilan uchrashib, mag'lubiyatini hech qachon tan olmasligini aytgan edi.
Facebook Forum