Breaking News

Rivojlanayotgan davlatlarda vaksinatsiya sur'ati hamon past


AQSh 2022-yildan vaksina ishlab chiqarishni oshiradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:24 0:00

AQSh 2022-yildan boshlab COVID-19 ga qarshi har yili kamida milliard doza vaksina ishlab chiqarishni rejalamoqda. Maqsad – kambag’al davlatlarga vaksina ta’minotini oshirish, shuningdek, kelajakda pandemiyalarni bartaraf etish.

Dunyoning ko’pgina qismlarida odamlar koronavirusga qarshi hali emlangani yo’q. AQSh hozirgacha 100 dan ortiq davlatga 265 million doza vaksina tarqatgan va bu ishni davom ettirmoqchi.

“Amerika xayriya qilgan vaksina miqdori boshqa mamlakatlarnikini qo’shib hisoblaganda ham ko’proq. Bu ish jadal davom etishi kerak. Bayden ma’muriyati kam va o’rta daromadli mamlakatlarga 1,2 milliard doza vaksina xayriya qilishga va’da bergan, jumladan KOVAKS dasturi orqali”, - deydi Oq uy vakili Deyvid Kessler.

Bayden ma’muriyati bu jabhada yetarlicha harakat qilmayotgani to’g’risida tanqidlar yangrayotgan edi. Vaksina taqsimoti bo’yicha boy va kambag’al davlatlar o’rtasidagi tafovutni qisqartirishga chaqirayotganlar ko’p.

“AQShda aholi uchinchi dozani olar ekan, kam daromadli mamlakatlarda bir dozani olganlar 5 foizni ham tashkil etmaydi. Ayrim hisoblarga ko’ra, vaksina ishlab chiqarish va ta’minotni oshirmasak ayrimlar 2023-yilgacha emlanish imkoniyatiga ega bo’lmaydi”, - deydi Kongress a’zosi Roza Delauro.

Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlarida emlash ko’rsatkichi taxminan 50 foiz bo’lsa, Afrikada bu raqam 10 foizni tashkil etmoqda.

“Muammo nimada? Ochig’ini aytganda, afrikaliklar avlodi yashaydigan davlatlarga nisbatan munosabatimiz o’zgarmaganga o’xshaydi, adolatsizlik va tengsizlik yana bir bor ko’z tashlanyapti”, - deydi qonunchi Barbara Li.

AQSh Lotin Amerikasi va Karib havzasiga 50 million doza vaksina yetkazib bergan bo’lsa-da, qonunchilar fikricha bu harakatlar yetarli darajada emas.

“Rossiya ilk vaksinalarini 2021-yilning fevralida, Xitoy mart oyida yetkazib berdi. Biz esa iyun oyigacha kutdik”, - deydi senator Marko Rubio.

Hindiston nazoratidagi Kashmir
Hindiston nazoratidagi Kashmir

Sog’liqni saqlash bo’yicha mutaxassislar AQSh bir qator omillar tufayli kechikkanini aytadi.

“Birinchi navbatda mahalliy ehtiyojni qondirishga harakat qildik. Ikkinchidan, xayriya qilgan vaksinalarimiz xavfsiz va ishonchli ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak edi”, - deydi AQSh Davlat departamenti vakili Kevin Orayli.

Yaqinda e’lon qilingan qaror COVIDga qarshi global kurashda burilish yasashi mumkin. “Pfayzer” boshqa kompaniyalarga ham virusga qarshi tabletkalarini ishlab chiqarishga ruxsat bermoqda.

“Virusga qarshi dori katta miqdorda ishlab chiqariladi. Vaksina qatorida dori ham bo’lishi ulkan muvaffaqiyat. Virusni batamom yo’qota olmasak-da, uni nazorat qila olamiz”, - deydi Deyvid Kessler.

“Pfayzer”ga ko’ra, pakslovid dorisi kasalxonaga tushish va o’lim hollarini 89 foizga kamaytiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG