Breaking News

OPEC+ neft qazish miqdorini kamaytiradi


Xurays, Saudiya Arabistoni, 5-oktabr, 2022
Xurays, Saudiya Arabistoni, 5-oktabr, 2022

Neft ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) va u bilan hamkorlik qiluvchi OPEC+ 2020-yildan beri bunday qarorlar qabul qilmagan. Aslida kuniga 3 million barrel qilingan edi, ammo bu maqsadga aksariyat hollarda erishilmayotgan edi.

Endilikda esa tashkilot kunlik miqdorni 2 million barrelga tushirib, iqtisodiy qiynalayotgan a'zosi Rossiyaga yordam qo'lini cho'zmoqda. Bu esa AQSh kabi yonilg'i narxi yuqori mamlakatlarga zarba.

Prezidenti Jo Bayden iyul oyida Saudiya Arabistoniga borib, dunyoning ikkinchi eng yirik neftchisini ishlab chiqarishni pasaytirmaslikka undagan edi.

Oq uy Venada asoslangan va 23 davlatni qamraydigan OPECning bu qadamini qoralagan. Tahlilchilar nazarida global iqtisodiy inqiroz yaqin. Xom neft narxi bu yil ancha tushib ketgan va ko'plab davlatlar OPECni qazishni sekinlashtirishga undayotgan edi.

AQSh OPEC a'zosi emas. Rossiya 2016-yilda tuzilgan OPEC+ guruhiga kirgan 11 mamlakatdan biri, u bilan hamkorlik qiladi.

Oq uy nazarida OPEC Ukrainada bosqinchilik bilan band Rossiyani quvvatlab, xato yo'ldan ketmoqda.

OPEC Venada asoslangan tashkilot
OPEC Venada asoslangan tashkilot

“Global energetika ta'minotini barqaror saqlab, iste'molchi manfaatlarini o'ylaydigan paytda OPEC quyi va o'rta sinfdan yuz o'girmoqda. Yonilg'i bahosi allaqachon osmonda", - deyiladi AQSh rasmiy bayonotida.

Biroq Prezident Baydenning Milliy xavfsizlik bo'yicha koordinatori Jon Kirbi deydiki, OPEC aslida ishlab chiqarish miqdorini reallashtirdi, ya'ni qurbi yetgani shu. Bu bilan Kirbi kuniga 3 millionlik amalga oshirmayotgan rejaga ishora qilmoqda.

Yil boshida neft narxi barreliga 100 dollarga chiqqan edi. O'tgan to'rt oy ichida u 32 foizga tushdi, lekin hozirga kelib 93 dollar atrofida.

Kongressga saylovlar yaqin ekan, Bayden ma'muriyati yonilg'i bahosi tushganini uning va demokratlarning yutug'i deya ko'rsatayotgan edi. Baydenning reytingi ham sezilarli darajada ko'tarilayotgan edi.

O'tgan yili shu paytda Amerikada bir gallon (3,78 litr) yonilg'i o'rtacha 3 dollat 20 sent edi, bugungi kunda esa 3 dollar 83 sent.

Demokratlar Vakillar Palatasidagi ko'pchilik o'rinni saqlab qolishi va oshirishi, shuningdek, Senatni egallashida iqtisodiy ko'rsatkichlar o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Urush ichidagi Rossiya uchun esa gaz va neft savdosi hayot-mamot masalasidir. Iqtisodini ushlab turishda bu davlat ko'p jihatdan yonilg'i tijoratiga tayanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG