Breaking News

Belarus: Atom qurollari ishga solinsa, G'arb aybdor


Rossiya va Belarus rahbarlari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi forumida, Moskva, 24-may, 2023
Rossiya va Belarus rahbarlari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi forumida, Moskva, 24-may, 2023

Belarus Xavfsizlik kengashi kotibi Aleksandr Volfovich G'arbni qizil chiziqlardan o'tayotganlikda va Rossiyani Ukrainadagi urushda taktik yadroviy qurollar ishlatishga majbur qilayotganlikda ayblamoqda.

Volfovich deydiki, 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganida imzolangan kelishuvlar hozir chetga surilgan.

"Bugun hammasi puchga chiqqan, va'dalar unutilgan", - deydi rasmiy davlat telekanaliga bergan intervyusida.

Belarus - Ukrainadagi urushda Rossiyaning yaqin ittifoqdoshi. Aleksandr Lukashenko 1994-yildan beri boshqarib kelayotgan davlat yaqin qo'shnisiga boshqa bir qo'shnisiga qarshi urush olib borish uchun o'z hudidini ochib bergan. 2022-yilda boshlangan hujumlarda hozirgacha yuzlab ming insonning yostig'i qurigan.

Rossiya o'tgan haftadan boshlab, Belarus territoriyasi orqali taktik yadroviy qurollarni safarbar etishga ham kelishgan.

Kreml maxsus harbiy amaliyot deb ataydigan urushda G'arbni unga qarshi birlashib, Moskvani "tiz cko'ktirishga" urinayotganlikda ayblaydi.

"Strategik jihatdan himoya uchun biz shunday qarorga keldik. Bu bilan G'arbni ogohlantirayapmiz", - deydi Volfovich.

Taktik yadroviy qurollarni ishga solish "tuzatib bo'lmaydigan oqibatlarga yetaklaydi", deydi rasmiy.

Lukashenko Rossiya bunday qurollarni olib kirayotganini aytgan, ammo boshqa detallar bayon etilmagan.

Amerika hukumati bu qadamlarni keskin qoralab, Belarus va Rossiyani atom arsenaliga umuman tegmaslikka chaqirib keladi.

Belarus uzoq yillardan beri G'arb sanksiyalari ostida, chunki Lukashenko rejimi diktatura sanalaib, inson huquqlarini sistematik buzayotganlikda ayblanadi.

Soviet Ittifoqi parchalangach, Belarus, Ukraina va Qozog'iston o'z hududidagi atom qurollarini Rossiyaga ko'chirishga rozi bo'lgan, ya'ni yadroviy arsenaldan voz kechgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG