Breaking News

XAMASni yengib bo'ladimi?


G'azo sektoriga havodan yordam yetkazilmoqda, Xon-Yunus shahri, 4-iyun, 2024.
G'azo sektoriga havodan yordam yetkazilmoqda, Xon-Yunus shahri, 4-iyun, 2024.

AQSh G’azoga yordam yuklarini yetkazar ekan, davlat kotibi Entoni Blinken sektorda gumanitar inqirozni bartaraf etishga 400 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

“G’azoga ko’proq yordam kiritish va yordamning avval eng ehtiyojmand qatlamga yetishini ta’minlaylik”, - dedi u.

XAMAS AQSh dastaklayotgan, garovdagi isroilliklarni falastinlik mahkumlarga almashish nazarda tutilgan sulh bitimini o’zgartirishni talab qilgan.

Xalqaro hayot - 12-iyun, 2024 - XAMAS, Rossiya, AQSh tashqi siyosati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:47 0:00

Blinken Tel-Avivda garovda qolayotganlarning oila a’zolari bilan ham uchrashdi

“Bir necha kun avval to’rt kishining ozod etilgani garovdagilarga umid bag’ishlagan”, - dedi diplomat.

BMTning Inson huquqlari bo’yicha idorasiga ko’ra, garovdagilar qutqarilgan reyd chog’ida har ikki tomon urush jinoyatiga qo’l urgan bo’lishi mumkin.

G’azo Sog’liqni saqlash vazirligi XAMAS va tinch aholi vakillarini ajratmagan holda Isroil kuchlari reyd chog’ida 274 kishini o’ldirganini bildirdi.

Ko’plab mamlakatlar Falastinga ozodlik berish barcha muammolarga yechim ekanini aytmoqda.

AQSh Markaziy qo’mondonligining sobiq rahbari hamda “Erish nuqtasi” kitobi muallifi general Frenk Makkenzining ta’kidlashicha XAMAS aholidan jonli qalqon sifatida foydalanmoqda.

“XAMAS liderlariga ergashish aholiga kulfat keltirdi. Chunki liderlar boshqalarni jang maydonida qoldirib o’zlari yashirinib olgan. Ular yerosti yo’laklarida asirdagi isroilliklardan ham qalqon sifatida foydalanmoqda. Faqat isroilliklar emas, XAMAS urush zonasidan chiqarishni istamayaotgan G’azo aholisi ham garovda”, - deydi general.

Biroq XAMASni yengib bo’ladimi?

“G’azoda doimiy harbiy harakatlarni talab etmaydigan puxta reja g’alabani kafolatlashi mumkin. Biroq bu jarayonda XAMAS murakkab tomon. Men Isroilning XAMASni yo’q qilish rejasi tarafdoriman. Biroq revolyutsion kuch sanalgan XAMASni to’liq yo’q qilish imkonsiz: 99 a’zosini o’ldirsang, yuzinchisi chiqib inqilob e’lon qilaveradi”, - deydi Makkenzi.

XAMAS BMT taklif etgan sulh rejasiga rozilik bildirgani Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatishga doir umid bag’ishlamoqda.

Falastin o’z yerlari va ozodligiga erishmaguncha isyon to’xtamasligini tushingan Yevropada bu davlatni tan oluvchilar chiqmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG