Breaking News

Rafahdagi qonli hujumga qaramay, AQSh Isroilni qo’llab-quvvatlamoqda


Rafahdan Xon-Yunusga qochgan falastinliklar, 28-may, 2024-yil
Rafahdan Xon-Yunusga qochgan falastinliklar, 28-may, 2024-yil

Isroil Rafahdagi lagerda o’nlab odamni o’ldirganiga qaramay, Oq uy yahudiy davlatiga harbiy yordam cheklagani yoki Isroilga nisbatan siyosatini o’zgartirgani yo’q; kamida 45 kishining o’limiga olib kelgan voqeani “yurakni ezuvchi holat” deb ta’riflash bilan cheklandi.

Xalqaro hayot - 29-may, 2024-yil - AQSh Isroilni jazolamadi. Putinning ogohlantirishi. Amerika saylovi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:05 0:00

“Begunoh insonlarning o’limini qattiq qoralab kelganmiz. Bu voqea ham bundan mustasno emas. Ammo u yerda nima bo’lganini tushunishimiz kerak. Buning uchun tergov o’tkazilishi zarur. Isroilliklar buning fojiali xato ekanini tan olishdi, tekshirishyapt. O’tmishda ular tergov qilib, aybdorlarni javobgarlikka tortib kelishgan. Bu safar nima qilishlarini ko’ramiz”, - deydi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi so’zlovchisi Jon Kirbi.

Isroil armiyasining vakili urush paytida bunday voqealarning bo’lib turishi ehtimolini tan oldi.

“Voqealar tafsiloti o’rganilmoqda. Tergovni oxirigacha yetkazamiz. Isroil mudofaa kuchlari urushda jang qilmayotgan aholiga yetgan zarardan afsusda”, - deydi Isroil bosh harbiy advokati general-mayor Yifat Tomer-Yerushalmi.

XAMAS harakati Rafahdagi qonli voqeada AQShni aybladi.

"Amerika ma’muriyati va shaxsan Prezident Baydenni Rafahda jon saqlayotgan odamlarga qarshi xunuk qirg’inda hamda bosqinchi kuchlarning G’azo Sektoridagi barcha jinoyatlarida mas’ul tutamiz, chunki Amerika bosqinni siyosiy va harbiy ma’noda qo’llab-quvvatlashda, o’nlab, hatto yuzlab bolalar, ayollar va tinch aholini o’ldirayotgan harbiy texnika, bombalar va o’q-dori bilan ta’minlashda davom etmoqda”, - deydi XAMASning katta so’zlovchisi Osama Hamdan.

AQShning Yevropadagi ittifoqchilari Isroilning G’azodagi harakatlarini qoralamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va unga aloqador gumanitar agentliklar otashkesim bo’lishini talab qilmoqda.

Tahlilchilar Bayden ma’muriyati katta bosim ostida ekanini aytadi.

“Demokratik partiyaning so’l qanoti Oq uyni keskin tanqid qilmoqda. Voqea AQShda Isroilga xayrixoh demokratlarni va sentrist saylovchilar ko’nglini sovitishi mumkin. Bayden ma’muriyati ikki o’t orasida qoldi”, - deydi Vashingtondagi RAND korporatsiyasi deb nomlanuvchi tahlil markazidan Rafael Koen.

Xalqaro Qizil xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasining prezidenti Keyt Forbs G’azo Sektorida otashkesimga chaqirdi, gumanitar yuklarning falastinliklarga to’siqsiz yetkazilishini talab qildi.

"Yordamni muhtojlarga yetkazish uchun otashkesim bo’lishini ta’minlovchi siyosiy yechim kerak”, - deydi u.

Forbs Rafahga fevral oyida borganida Isroilning G’azo shahri janubida hali amaliyot boshlamasidan oldin ayanchli vaziyatga guvoh bo’lganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG