Breaking News

Falastinning Yevropa davlatlari tomonidan tan olinishi muhimmi?


Irlandiya, Ispaniya, Norvegiya tashqi ishlar vazirlari Falastinni davlat sifatida tan olinganini e'lon qilmoqda
Irlandiya, Ispaniya, Norvegiya tashqi ishlar vazirlari Falastinni davlat sifatida tan olinganini e'lon qilmoqda

Isroil Irlandiya, Norvegiya va Ispaniya hukumatlarining Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish qarorini qoralamoqda, falastinliklar esa olqishlamoqda.

Xalqaro hayot - 30-may, 2024-yil - Blinken Moldovada bo'ldi. AQShda matbuot erkinligi darajasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:18 0:00

Ayni paytda dunyoda 140 dan ortiq mamlakat Falastinni davlat deb e’tirof etgan.

“Bu shunchaki ramziy qaror emas. Bu huquqiy va siyosiy qadam, mamlakatlar o’z bo’yniga olgan majburiyat. Falastin hududlari, chegaralari, suvereniteti tan olinadi, buning o’ziga yarasha huquqiy va logistik oqibatlari bor”, - deydi falastinlik jurnalist Nur Odeh.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu buni terrorizm uchun mukofot deb atadi. Isroildagi ayrim tahlilchilar buni dunyoda ma’naviy kompas buzilganiga ishora deb ko’rmoqda.

“Demokratik davlatga qarshi zamonaviy siyosiy tarixdagi eng dahshatli bir kunlik qirg‘indan so‘ng Falastin davlatini tan olish haqidagi favqulodda harakat bu mamlakatlar qabul qilgan qarorning bema’niligini ta’kidlamoqda va men hatto buni diplomatik zo‘ravonlik deb atagan bo‘lardim”, - deydi Quddusdagi Tashqi aloqalar markazi prezidenti Den Diker.

Isroilda o’tkazilgan ommaviy so’rovda qatnashgan odamlarning to’rtdan uch qismi 7-oktabr voqealaridan so’ng Falastin davlatchiligini tan olish g’oyasini qo’llab-quvvatlamasligini aytgan.

Isroillik sobiq muzokarachi Gershon Baskinning aytishicha, Falastinning tan olinishi va BMTga a’zo sifatida qabul qilinishi Isroil va Falastin o’rtasidagi bo’lajak muzokaralarda Falastin davlatchiligi masalasini belgilovchi jarayonga turtki beradi va Isroilda endi bu masalaga veto qo’yish huquqi bo’lmaydi.

G’azoda sulh o’rnatilgach va XAMAS garovga olgan odamlar ozod etilgach, G’arbiy Sohil va G’azo hududlarida Falastin davlatini yaratishga qaratilgan muzokaralar boshlanishi mumkin. Isroil u bilan to’g’ridan-to’g’ri muzokaralarsiz Falastinni bir tomonlama tan olish harakatlariga qarshi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG