Breaking News

Nyu-Yorkda Oy missiyasiga oid yangi ko'rgazma ochildi


Apollon missiyasiga bag'ishlangan ko'rgazma
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00

20-iyul kuni Apollon-11 missiyasi Oyga qo'nganiga 55 yil to'ldi. Manxettendagi “Intrepid” muzeyida shu muhim voqeaga bag’ishlangan interaktiv ko'rgazma tashkil qilindi.

Kosmik kemaning turli qismlarini ko'rish, kosmonavt skafandrini ko'zdan kechirish va hatto Oyning bir parchasiga qo’l bilan teginish - bularning barchasi “Intrepid” muzeyining Nyu-Yorkda ochilgan "Apollon: Biz Oyga borganimizda" deb nomlangan interaktiv ko'rgazmasida ommaga havola qilindi.

Ko'rgazma Nyu-York qirg'og'ida joylashgan milliy tarixiy yodgorlik – “Intrepid” avianosetidagi pavilyonda ochildi.

Ko‘rgazma kuratori Keyt Gudning aytishicha, bu Nyu-York shahridagi Oy va Apollon missiyalarining birinchi shunday katta kolleksiyasi.

“Bizning orqamizda kosmik kostyum bor, amerikaliklar skafandri. Bu hayotni saqlovchi tizimga ega ilk kiyim. Bu esa qismlarga bo'lingan kaska", - deydi u.

Amerikalik astronavtlarning qo'l gipslari ham bor. Ular kosmik qo'lqoplarni yasash uchun kerak bo’lgan.

Apollon dasturi doirasida amerikalik astronavtlar 1969-yildan 1972-yilgacha olti marta Oyga qo'ngan.

Eng mashhuri ilk parvoz. U uch fazogir - Nil Armstrong, Bazz Oldrin va Maykl Kollinz ishtirokida bo’lgan.

Bugun avtomobillar o’zini mustaqil boshqarayotgan bir paytda astronavtlar kompyuterlar yordamisiz bu ishlarni amalga oshirganini ko’rish hayratlanarli.

“Bu boshqaruv tayog‘i – bolalar tili bilan aytganda, joystick. Uning yordamida atmosferadan tashqarida harakatlanishgan. Bu kitob esa jo’nab ketish uchun kerak bo’ladigan ko’rsatmalar to’plami”, - deydi Gud.

Ko'rgazma, shuningdek, AQSh va Sovet Ittifoqi o'rtasida kechgan poygani ham tasvirlaydi.

“Bu kosmik poyga edi! Eng yaxshi kapsulani kim qila olishi, yaxshiroq raketani kim yarata olishi haqida”, - deydi muzey kuratori.

Sovetlar skafandri va haqiqiy Soyuz kapsulasi ham namoyishga qo’yilgan.

Saturn raketasi aerokosmik muhandisi Verner fon Braunga tegishli bo'lgan jadval va kompaslar, Xrushchev va Kennedining nutqlari hamda Oyga birinchi parvozning arxiv tasvirlari - bularning barchasi tashrif buyuruvchilarni 60-yillarning notinch va inqilobiy atmosferasiga chulg’aydi.

Ko‘rgazma 2-sentabrgacha tomoshabinlar uchun ochiq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG