Breaking News

AQShda Xitoy bizneslariga qarshilk kuchaygan


Michigan shtati gubernatori Gretchen Uitmer, Lensing, 11-mart, 2022
Michigan shtati gubernatori Gretchen Uitmer, Lensing, 11-mart, 2022

2022-yilda e'lon qilinganida Xitoyning litiy batereyasi kompaniyasi tanishtirgan biznes loyiha Michigan shtati uchun misli ko'rilmagan sarmoya deb olqishlangan edi. 2,36 milliard dollarlik reja kamida 2000 ish o'rni yaratishi kerak edi.

"Gotion High-Tech" kompaniyasi endilikda qator to'siqlar bilan yuzlashmoqda.

Michiganda respublikachilar bu biznesni majburiy mehnatda va inson huquqlarini poymol etganlikda ayblamoqda. "Gotion" buni inkor etadi.

Amerika bozoriga kirishga harakatida yurgan xitoyliklar serob, biroq oxirgi yillarda deyarli hammasi qattiq elakdan o'tkazilmoqda. Texnologik raqobatda Xitoy ko'p hollarda kompaniyalari adolatsizliklar va ayyorlikda tanqid qilinadi.

Dunyoning ikki eng yirik iqtisodiy tizimlari birga ishlashdan manfaatdor, deydi Michiganda tadbirkorlik qilishga intilayotgan xitoyliklar. Bizneslar, ularning ishchilari va iste'molchilar foydasi uchun qadam tashlash kerak, deya qo'shadi ular.

AQSh Xitoyga ishonmasligi, Baknell universitetidan professor Jichun Ju nazarida, har ikki tomon uchun birdek zarar.

Yana bir tahlilchi, professor Liji Liu ham shu fikrda. U Jorjtaun universitetida tadqiqot olib boradi.

“Ikki mamlakat orasidagi yirik sarmoyalar xavfsizlik uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy foyda olish tomonlarni urushdan saqlaydi", - deydi Liu.

Biroq respublikachi senator Marko Rubio deydiki, Xitoy AQSh uchun nafaqat harbiy va diplomatik raqib, balki texnologik, industrial va tijoriy opponentdir.

U kabi siyosatchilar Xitoyning AQShda texnologik jihatdan kuchayishiga qarshi.

Bunday yondashuv aslida demokrat Barak Obama prezidentligida kengaygan. Respublikachi Donald Tramp uni yanayam avj oldirdi.

Professor Yilang Feng, Illinoys universiteti olimi, tahlilicha, hozirga kelib Xitoyni cheklash tashqi va ichki siyosatning ajralmas qismidir.

Jo Bayden prezidenligida bu yanayam oydinlashdi, deydi Feng.

Michigan shtati gubernatori Gretchen Uitmer bu masala yuzasidan lom-mim demayapti, lekin boshida xitoylik tadbirkorlarni iliq kutib olgan.

Batereya ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish shtat uchun faqat manfaat, deydi ayrim fuqarolar, ammo Pekinni repressiyada, o'z xalqini ezganlikda qoralaydiganlar ko'p. Ular Xitoy bilan bzines qilmaslik kerak, deb hisoblaydi.

Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlari bunday hamkorlikni turli taqiqlar bilan cheklay boshlagan.

2017-yilda Xitoy AQShga 63 milliard dollar sarmoya kiritgan bo'lsa, 2023-yilda 44 milliard dollarga tushgan.

"Rhodium Group" firmasi egalaridan biri Tilo Hanemann deydiki, koronavirus pandemiyasi ham Xitoyga qarshilikni oshirdi, deydi. Bu davlatni kommunistlar boshqarishi ham hisobga olinadi va yoqlanmaydi, deydi u.

2022-yilda Michigan Xitoy kompaniyasi tomonidan tanlanib, katta zavod shu yerga qurilishi rejalangani tarixiy yutuq deb ko'rilgan.

Loyiha tarafdorlari uni bekor qilmaslikka, uzoq muddatni ko'zlashga chaqirmoqda. Ish o'rinlari suv va havodek zarur, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG