Donald Tramp prezidentligining birinchi muddatida – 2020-yil AQSh-Meksika-Kanada o’rtasida erkin savdo bitimini imzolagan. Bu mamlakat fermerlarini xursand qilgan edi.
“Bitimga ehtiyoj bor edi, buning uchun Trampning obro’si oshgan”, - deydi illinoyslik fermer Devid Ayzermen.
Biroq Trampning Kanada va Meksika tovarlariga tariflar joriy etish to’g’risidagi bayonotlari erkin savdo bitimi shartlariga zid. Tariflar, o’z navbatida, AQShdan bu mamlakatlarga eksport qilinadigan jo’xori va soya narxlariga ham ta’sir qiladi. Fermerlar daromadi kamayishidan xavotirda.
“Muammo qarshi taraf ham tarif qo’llashida”, - deydi Ayzermen.
“Maxsus boj to’lovlari joriy etilsa, savdo hamkorlarimiz ham o’ch oladi”, - deydi olima Kimberli Klozing.
Klozing Kaliforniya universitetining iqtisodchi professori.
“Boy davlatlar tariflarga daromad manbai sifatda tayanmaydi”, - deydi u.
Oktabr oyida saylov oldidan Chikago Iqtisodiyot klubida so’zlar ekan, Tramp tariflar AQShga qanday foyda keltirishini aytgan edi.
“Birinchidan, tariflar milliy kompaniyalar va mamlakatga kirib keladigan minglab kompaniyalar uchun himoya chorasi. O’sish misli ko’rilmagan darajada bo’ladi”, - degan edi u.
2024-yil iyunida siyosiy neytral Soliq fondi taqdim etgan hisobotga ko’ra, Trampning ilk prezidentlik muddatida 380 milliard dollarlik tovarlarga qo’yilgan tariflar amerikaliklarga 80 milliard dollarlik qo’shimcha soliq yuklagan.
Prezident Jo Bayden ma’muriyati bu tariflarning aksariyatini saqlab qolib, Xitoy tovarlariga qo’shimcha 18 milliard dollarlik tarif qo’lladi. Natijada, so’nggi yetti yil mobaynida AQSh yalpi ichki mahsuloti 0,2 foizga qisqardi, 140 ming to’liq stavkali ish o’rinlari boy berildi.
“Bojlar Amerikaga ustunlik bermaydi”, - deydi ekspert.
Rayn Vaytxaus Illinoys fermer xo’jaliklari byurosida fermerlar huquqlarini himoya qiluvchi rasmiy. 2019-yil Xitoy javob chorasi sifatida AQSh soyalariga tarif qo’lladi. Ayni damda AQShdan Xitoyga soya eksporti 18 foiz – 2016-yilgidan 40 foiz kam. Braziliyadan Xitoyga soya eksporti esa 76 foizga oshgan.
AQShga javoban qo’llaniladigan bojlarning yangi to’lqini shundoq ham past narxlardan aziyat chekayotgan mamlakat fermerlarini qiynab qo’yishi mumkin.
“Trampning avvalgi ma’muriyati tutgan yo’l xavotirga molik. Biz bozorlarni ochishimiz kerak, yopishimiz emas”, - deydi ekspert.
“Bizni agrar savdo defitsiti kutmoqda”, - deydi fermer.
Devid Ayzerman uni daromadidan ayiradigan tariflarga doir do’q-po’pisalar amalga tatbiq qilinmaslligidan umidvor.
“Tariflar urushida g’olib bo’lmaydi”, - deydi u.