Qurol nazoratiga doir hujjatlar ahamiyatini targ’ib qilayotgan tahlilchilar AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadro qurollarini qisqartirish bo’yicha muzokaralar o’tkazishiga umid qilmoqda.
Yaqinda Davosda o’tgan Jahon iqtisodiy forumi ishtirokchilariga murojaatida AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy bilan denuklearizatsiya bo’yicha muzokaralar ehtimoli haqida gapirdi.
“Yadro qurollariga ulkan miqdorda pul sarflanyapti, bunday qurollarning yo’q qilish kuchi haqida hatto gapirmasa ham bo’ladi. Siz esa eshitishni xohlamaysiz. Tushkunlikka tushib qolasiz”, - deydi Tramp.
Sovuq urush paytida maktab o’quvchilariga bu haqda ma’lumot ulashilgan, yadroviy hujum paytida nima qilish kerakligi haqida dars va mashg’ulotlar o’tkazilgan.
Bu kabi o’quv filmlarida yadroviy portlash kuchi ko’rsatilmagan. Lekin AQShning Nevada shtati cho’lidagi yadro poligonida o’tkazilgan sinov bu kabi hujum oqibatlari qanday bo’lishini yaqqol namoyish etgan.
Qo’shma Shtatlar dunyoda yadro qurolini ishga solgan yagona mamlakatdir. 1945-yilda Yaponiyaning ikkita shahriga bittadan atom bombasi tashlangan. Portlashdan omon qolganlar nurlanish, tana kuyishi va turli kasalliklarga duchor bo’lgan.
Yadro qurolining dahshatlaridan ta’sirlangan odamlarning omma namoyishlari va diplomatik say’-harakatlar natijasida yadro qurollarini qisqartirish yoki ularni yo’q qilishga qaratilgan kampaniya o’tkazildi.
Hozirda to’qqiz mamlakat yadro quroliga ega. Isroil bunday quroli borligini rasman tan olmay keladi.
Dunyodagi yadro kallakchalarining 90 foizi AQSh va Rossiyada - 5000 tadan ortiq. Agar mavjud yadro qurollari bittada portlasa, ayrim mutaxassislar dunyo 10 tadan 50 marotabagacha yo’q bo’lishini taxmin qiladi.
Strategik yadro qurollarini cheklashga qaratilgan, AQSh “Yangi START”, Rossiya esa SNV-3 deb atovchi kelishuvning amal qilish muddati 2026-yil 6-fevralida tugaydi. Qurollarni nazorat qilish uyushmasi eksperti Syaodon Lianning aytishicha, Prezident Tramp Rossiya va Xitoy bilan bitimni uzaytirish xususida gaplashishi kerak.
"Prezidentimizning ushbu mavzu yuzasidan xavotirlanayotgani va bu haqda o‘ylayotgani juda yaxshi. Masala uchrashuvlarda ustuvor bo’lishi kerak”, - deydi mutaxassis.
AQSh Tinchlik institutida Atom olimlari byulleteni deb nomlanuvchi nodavlat tashkilot yaqinda “Qiyomat soatini” yarim tunga bir soniyaga surdi. Bu ommaviy qirg'in qurollari va boshqa ekzistensial tahdidlar xavfidan darakdir.
“Qiyomat soati” ramziy bo’lsa-da, tahlilchi Syaodon Lian soat mili surilishini amerikaliklar va boshqalarga ((mandatory CG: Russian Defense Ministry)) dunyodagi yadro arsenallari xavfini eslatuvchi muhim marosim deb biladi.
“Bu ko’proq odamlar diqqatini o’ziga qaratuvchi yaxshi vositadir. Amerikaliklarning o’ziga yarasha ko’p boshqa tashvishlari bor, albatta. Bu soatni eslatma, samarali aloqa vositasi deb bilsa bo’ladi”, - deydi Lian.
Qo’shma Shtatlar so’nggi bor yadro qurollarini qisqartirish mavzusida muzokaralarni 4 yildan oshiq vaqt oldin o’tkazgan. Tramp ma’muriyatining o’shanda Shvetsiyada Shimoliy Koreya rasmiylari bilan muloqoti natija bermagan.