Breaking News

"Nyu-York Tayms": Markaziy Osiyoda diniy radikalizm avjida


"Nyu-York Tayms" gazetasiga ko'ra, buning ortida qisman Afg'oniston va Pokistonda harbiy tayyorgalikdan o'tib, yurtiga qaytgan qirg'izistonliklar turibdi.

Yaqinda Qirg'iziston xavfsizlik kuchlari qurol-yarog' to'plab, bir uyga yashiringan uch nafarini yo'q qilgan.

Bishkekdagi tahlilchi Qodir Malikovning aytishicha, NATO siquviga tushgan jangarilar Afg'onistonni tark etib, Markaziy Osiyodan qo'nim topishga, faoliyatini u yerda davom ettirib, yangi front ochishga harakat qilmoqda.

Ammo boshqa ba'zilar nazarida Markaziy Osiyoda diniy radikalizmning kuchayishi haqidagi gaplar bo'rttirilgan. Respublikalarning barchasi dunyoviy bo'lib, asosan pushtularga tayanib harakat qiladigan Tolibon mintaqada ildiz ota olmaydi. Korrupsiya va narkotiklar undanda kattaroq muammolar bo'lib, hukumatlar o'z layoqatsizligini niqoblash maqsadida yangi bahonalar o'ylab topmoqda, deydi muxolifatchilar.

Ulardan biri Iso Omurqulovning aytishicha, xavfsizlik xizmatining aksariyat xodimlari qoradori savdosi bilan shug'ullanadi.

XS
SM
MD
LG