Breaking News

Pokiston NATO hujumidan norozi, Afg'oniston bilan chegarani yopgan


Pokiston NATO hujumidan norozi, Afg'oniston bilan chegarani yopgan
Pokiston NATO hujumidan norozi, Afg'oniston bilan chegarani yopgan

Pokiston hukumatining bildirishicha, NATO havo kuchlari Afg’oniston bilan chegarada ikki harbiy punktga hujum qilib, 24 askarni o’ldirgan.

Pokiston hozirda chegarani yopgan va NATOga yuk tashuvchi vositalar o’tkazilmayapti.

Bugun nima bo’lgani tekshirilib, tegishli javob olinmaguncha biror o’zgarish kutmang, deydi Pokiston harbiy rahbarlari.

NATO ham o’z tekshiruvini boshlagan. Xalqaro koalitsiya qo’mondoni general Jon Allen o’lganlarning oilalariga ta’ziya bildirgan.

Pokiston NATO hujumidan norozi, Afg'oniston bilan chegarani yopgan
Pokiston NATO hujumidan norozi, Afg'oniston bilan chegarani yopgan

“Tergov nimani aniqlashiga qarab, chora ko’ramiz”, - deydi Karsten Yekobsen, xalqaro koalitsiyaning yuqori lavozimli vakili.

Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G’iloniy NATO va Amerika bilan bugungi hujum haqida “ochiq va qattiq gaplashamiz” deydi.

"Bu hujum Pokiston suverenitetiga hamla. Toqat qilmaymiz...",- deydi u.

Xalqaro koalitsiya Afg'oniston va Pokistonni bog'lab turadigan tog'li hududlarda Tolibon bilan olishib keladi. Havo hujumlari deyarli har kuni amalga oshiriladi.

Pokistonda tabiiy ofatlardan jabr ko'rgan aholi yordam kutmoqda
Pokistonda tabiiy ofatlardan jabr ko'rgan aholi yordam kutmoqda

Bu orada Pokistonda sel va boshqa tabiiy ofatlardan jabr ko’rgan besh milliondan ziyod odam yordamga muhtoj.

BMT ayniqsa bolalarning ahvoli og’ir deya ogohlantirmoqda. Tashkilot oziq-ovqat va dori-darmon tarqatmoqda, ammo xalqaro hamjamiyat yana 70 million dollar ajratmasa, boshqa madad bera olmaydi.

Sind va Balujiston viloyatlarida vaziyat tang. Avgust oyidan beri suv toshqinlarida 800 ming xonadon vayron bo’lgan. 750 mingdan oshiq aholi boshpanasiz qolgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG