Breaking News

Ortga qaytmaymiz, deydi Ukraina muxolifati

Ukraina muxolifati ertaga xalqni namoyishlarga undamoqda. Prezident Viktor Yanukovichning tarafdorlari ham ko’chaga chiqib, Yevropa Ittifoqi bilan emas, Rossiya bilan yaqinlikni afzal ko’rishini baralla aytmoqda. Muxolifatchilar esa kelajak Yevropa Ittifoqi bilan deydi. Uch haftadirki, namoyishlar tinmaydi. Kecha ilk bor prezident bilan muloqot qilindi. Siyosiy faollar, huquq himoyachilari va fuqaro jamiyati a’zolari Yanukovich bilan suhbatda undan qanchalik norozi ekanini izhor etgan. Hibsdagi namoyishchilar darhol ozod etilsin deya talab qilgan. Prezident ularni kechirishini aytgan, ammo muxolifat bunga rozi emas. Namoyishchilar biror ayb ish qilmagan va ularning begunoh ekani tan olinib, qo’yib yuborilsin, deydi Vitaliy Klichko, oppozitsiya liderlaridan biri.

XS
SM
MD
LG