Breaking News

Ilm-fan san'at yo'lida xizmat qilmoqda


San'at asarlarini qanday asrash mumkin? Art preservation
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00

San'at asarlarini qanday asrash mumkin? Art preservation

San’at asarlarini ardoqlab, kelajak avlod uchun o’zgarmagan holda yetkazish – insoniyat burchi. Ammo havosi o’zgaruvchan shaharlarda buni uddalash oson emas. Xyustondagi Tasviriy san’at muzeyi restavratorlari aynan shunga bel bog’lagan.

Yetuk rassomning asari javohirday gap. Uni avaylash, zarurat tug’ilsa, qayta tiklash kerak. Melissa Gardner – muzey restavratori:

“Men asarni o’zgartirmayman, uni qayta tiklayman, eski holiga qaytaraman. Rassom qanday yaratgan bo’lsa, o’sha holiga keltiraman”.

Xyuston Tasviriy san’at muzeyi direktori Deyvid Bomfordning tushuntirishicha, ba’zida rasmni qayta tiklash paytida restavratorlar ilgari qo’llagan bo’yoqlarni olib tashlash kerak bo’ladi.

“Restavrator ehtiyotkorlik bilan o’chgan boyoqning ustiga yangi, rangi o’chmaydigan boyoqni tortadi,” - deydi u.

Zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, asar muallifi aniq bo’lmagan hollarda qo’l keladi.

Sentabr boshida Gollandiya poytaxti Amsterdamda jamoatchilikka bir rasm taqdim etildi. Yevropadagi bir uy chordog’ida topilgan va “Monmajurda quyosh botishi” deb nomlangan bu asarning muallifi gollandiyalik mashhur rassom Vinsent Van Gog ekani aniqlandi.

Buning uchun mutaxassislar rasmni Van Gogning “Toshlar” asari bilan qiyosladi.

“Toshlar” Xyuston muzeyida saqlanadi. Deyvid Bomford uni yangi topilgan rasm bilan taqqoslashda yordam berdi.

“Muzeyimizdagi rasmda ishlatilgan bo’yoqni, materialni o’rgandik,” - hikoya qiladi u.

Ishga Rays universiteti professori Don Jonson jalb etildi. U har ikki rasm uchun ishlatilgan xolst tolalarini solishtirdi. Aniqlanishicha, ular o’xshash va har ikkisi uchun ayni mato ishlatilgan.

Fan restavratorlarga san’at durdonalarini qayta tiklash va yaxshiroq saqlash imkonini beryapti.

Muzeydagi 1700 rasm barobarida haykaltaroshlik asarlari ham mo’l. Bundan tashqari, jihozlar, rasmlar ramkalarini ham vaqti-vaqti bilan qayta tiklashga to’g’ri keladi.

Ko’rgazmaga qo’yilmagan asarlar harorati nazorat qilinadigan maxsus xonalarda saqlanadi. Elektr toki uzilsa yoki binoni suv bossa ham, ularga ziyon yetmaydi.

“Bu asarlarni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish kerak. Demak, biz doim restavratorlar, sara ekspertlar xizmatidan foydalanamiz. Ularga hamisha ehtiyoj bo’ladi,” - deydi Bomford.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG