Prezident Barak Obama hukumat ishining to’xtashiga sababchi bo’lgani va AQSh iqtisodiyotini defolt yoqasiga olib kelgani uchun respublikachi kongressmenlarni tandiq qilmoqda. Bunday qadam mamlakatning dunyodagi nufuziga jiddiy zarar yetkazadi, deydi AQSh rahbari.
Seshanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashgan Obama respublikachi vakillar bilan muloqot qilishga tayyorligini bildirdi. Ammo bunday muzokara faqat hukumat ishi qayta boshlanganidan va davlat qarzi tahdidi bartaraf etilganidan so’ng olib borilishi mumkin, dedi Obama.
“Gap shundaki, nafaqat Oq uy, balki Senatdagi demokratlar va Vakillar palatasidagi demokratlar respublikachilarni tashvishlantirayotgan masalalarni muhokama qilish istagini namoyish qildi. Ammo agar respublikachilar strategiyasi “agar biz maqsadimizga 100 foiz erishmasak, hukumatni yopamiz yoki iqtisodiy tartibsizliklarga sababchi bo’lamiz” degan gapdan iborat bo’lsa, buning imkoni yo’q”, - dedi AQSh prezidenti.
U, shuningdek, AQSh iqtisodiyotidagi defolt hukumatning yopilishidan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
Jahon bozorlaridagi ahvol yomonlashadi; global iqtisodiyot o’zagi bo’lgan AQSh nufuziga jiddiy putur yetadi, deydi Obama.
Respublikachi va demokratlar qachon murosaga erishishi va AQSh hukumati faoliyatini qachon qayta boshlashi hozircha noaniq. 1-oktabrdan boshlab davlat idoralari faoliyati qisman to'xtatilgan, 800 ming xodim majburiy ta’tilga chiqarilgan edi.
AQSh davlat qarzi haqdagi masala 17-oktabrga qadar hal etilishi kerak. Aks holda mamlakat iqtisodi defoltga uchrab, jahon bozorlarida ham salbiy vaziyat yuzaga kelishi mumkin.