Breaking News

Amerika musulmonlari mamlakatga tahdidmi?


"Amerikada masjidlar ko'payib ketgan, musulmonlar Amerika fuqarolari emas" kabi da'vatlarga qarshilar serob, jumladan, yahudiy va xristianlar orasida
"Amerikada masjidlar ko'payib ketgan, musulmonlar Amerika fuqarolari emas" kabi da'vatlarga qarshilar serob, jumladan, yahudiy va xristianlar orasida

AQSh Vakillar Palatasida bugun mamlakat musulmonlari orasida radikalizm kayfiyati muhokamada.

Ichki xavfsizlik bo’yicha qo’mitada musulmon fuqarolar, rasmiylar, shuningdek, musulmon kongressmen, demokrat Kit Elison bilan savol-javob o’tadi.

Amerika musulmonlari mamlakatga tahdidmi?
Amerika musulmonlari mamlakatga tahdidmi?

Qo’mita raisi, respublikachi Piter King fikricha, Amerika islom ahli tobora radikallashib bormoqda.

Musulmon qonunchi, demokrat Kit Ellison islom ahli adolatsiz tanqid qilinmoqda, deydi
Musulmon qonunchi, demokrat Kit Ellison islom ahli adolatsiz tanqid qilinmoqda, deydi

“Vaziyatni izchil tergov qilish kerak – davlat xavfsizligi haqida gap ketmoqda”, - deydi u.

Bu tashabbusga qarshilar kam emas, jumladan, yahudiy va xristianlar orasida. Piter King “tanqiddan qo’rqmayman”, deydi.

Respublikachi qonunchi Piter King Amerika musulmonlari radikal kayfiyatga berilmoqda, deydi
Respublikachi qonunchi Piter King Amerika musulmonlari radikal kayfiyatga berilmoqda, deydi

Uning aytishicha, ektremizm, xurujlar xavfi kuchli, biroq musulmonlar xavfsizlik xizmati bilan yaqin hamkorlik qilmayapti. “Al-Qoida Amerika musulmonlari orasiga kirib bormoqda”, - deydi King.

AQSh Adliya vaziri Erik Xolder bu fikrga qo’shilmaydi. “Aksincha, bu jamoa xurujlarning oldini olishda faol qatnashib kelgan”, - deydi vazir.

Musulmon qonunchi Kit Ellison nazarida Amerika islom ahli siquvga olinmoqda.

Qo’shma Shtatlarda taxminan 7 million musulmon yashaydi. “Ular go’yoki barcha muammolar sababchisi deb ko’rilmoqda”, - deydi Ellison.

Amerika-Islom aloqalari kengashi vakili Kori Seylor fikricha, Kongressdagi tinglov xato.

“Qonunchi Piter King musulmonlarga qarshi bayonotlari bilan mashhur”, - deydi Seylor.

“Amerikada masjidlar ko’p, musulmonlar AQSh fuqarolari emas, islom jamoasining aksariyati ektremistlar degan quruq-safsata gaplar yangramoqda. Bari yolg’on”, - deydi Amerika-Islom aloqalari kengashi vakili.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG