Breaking News

Tramp qamalishi mumkinmi?


11-iyul kuni Nyu-York sudi o’tgan hafta 34 ta punkt bo’yicha sud hay’ati tomonidan aybdor topilgan AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga jazo chorasini belgilashi kutilmoqda. Sudya Trampni 4 yildan 136 yilgacha bo’lgan muddatga qamashi, uy qamog’i belgilashi yoki sinov muddatiga hukm qilishi mumkin.

Xalqaro hayot - 3-iyun, 2024-yil - Netanyaxu Kongressga taklif etildi. Zelenskiy Xitoydan xafa
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:07 0:00

Tramp 2016-yil prezident saylovidan oldin Stormi Daniels ismli porno aktrisa bilan jinsiy munosabatlari oshkor bo’lmasligi uchun ayolning og’zini yopish maqsadida unga kompaniyasi hisobidan pul to’laganlikda hamda shirkat moliyaviy hujjatlarini soxtalashtirganlikda aybdor topildi.

Sud hukmi qanday bo’lishidan qat’i nazar, Respublikachilar partiyasi sardorlari Trampni milliy qurultoyda prezidentlikka rasmiy nomzod sifatida tanlashini bildirishmoqda.

Kongress Vakillar palatasining spikeri Mayk Jonson Oliy suddan masalaga aralashishni so’radi.

Tramp AQSh tarixida jinoiy ish bo’yicha sudlangan ilk rahbar bo’ldi. Sud uni qamashni buyursa ham konstitutsiya unga saylovda qatnashishni man qilmaydi.

Mutaxassislar sud hay’atining qarori ikkilanib turgan saylovchilar fikriga qattiq ta’sir qilmasligini, Tramp tarafdorlari yanada jipslashishini taxmin qiladi.

“Hukm e’lon qilinganidan 24 soat ichida Tramp saylov shtabi jamg’arma to’plashda rekord o’rnatdi, o’n minglab yangi donor pul o’tkazdi. Nazarimda, Amerika xalqi hukmning adolatsizligini ko’rmoqda. Hukmga apellyatsiya berib, ishni yopishga umid qilyapmiz”, - deydi Donald Trampning advokati Uill Sharf.

Hukm e’lon qilinganidan so’ng Tramp saylov shtabi kichik donorlardan shtab hisobiga 35 million dollar tushganini va oldingi bir kunlik rekord yangilanganini ma’lum qildi.

Tramp 11-iyul kuni e’lon qilinishi kutilayotgan jazo chorasi ehtimoliga munosabat bildirdi.

“Xalq bunga chidaydi deb o’ylamayman. Qandaydir pallada burilish yuz berishi mumkin”, - deydi Tramp.

Bayden saylov shtabi siyosiy reklama chop etib, Trampni “sudlangan jinoyatchi” deb atadi, unga uy qamog’i belgilansa, zo’ravonliklar kelib chiqishini taxmin qilayotganini aytdi.

Prezident Jo Bayden hech kim qonundan ustun emasligini aytarkan, Tramp ustidan hukmdan tashviqot va targ’ibot ishlarida foydalanishga harakat qilishi aytiladi.

Siyosiy strateg Syuzan Stouks fikricha, Tramp saylov shtabi esa hozirgi vaziyatdan yangi saylovchilarni qozonish uchun foydalanishi mumkin.

“Noyabrda bo’ladigan saylovda kimga ovoz berishini bilmay turgan shahardan tashqarida yashovchi ayollar balki Tramp tomonga og’ar”, - deydi mutaxassis.

Tramp aybdor deb topilganiga qaramay, uning tarafdorlari sobiq prezidentdan yuz o’girgani yo’q. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, saylov bugun o’tkazilsa, Bayden 41 foiz, Tramp esa 39 foiz ovoz olishi mumkin.

Shu bilan birga, Baydenning reytingi 37 foizdan oshmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG