Romni va AQSh tashqi siyosati/Romney foreign policy
Your browser doesn’t support HTML5
6-noyabrda Amerikada prezident saylovlari. Barak Obamadan Oq Uyni tortib olishga bel bog'lagan respublikachi Mitt Romni usta tadbirkor, siyosiy jihatdan esa Massachussetts gubernatori sifatida ulkan yutuqlarga erishgan, eldan rahmat olgan arbob. Biroq ko'pchilik nazarida Romniga tashqi siyosat bobida bilim va tajriba yetishmaydi. Uning yaqin maslahatchisi Dov Zaxaym "Amerika Ovozi" bilan suhbatda nomzodning bu boradagi rejalari haqida gapirib berdi.