Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyoda/ EU Ashton-Kyrgyzstan, Nov 27, 2012
Your browser doesn’t support HTML5
26-30 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton (Catherine Ashton) Markaziy Osiyo bo'ylab safarda bo'ladi. Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, O'zbekiston va Turkmaniston rahbarlari bilan muzokara olib boradi. Inson huquqlari bo'yicha Human Rights Watch xalqaro tashkiloti Eshton xonimni inson huquqlari va demokratiya masalasini chetga surmay, mintaqa rasmiylari bilan bu borada ochiq gaplashishga undamoqda.
Muzokaralar huquqbuzarlik hollari yuzasidan fikr bildirish uchun noyob imkoniyat, deyiladi tashkilot bayonotida.