Turkmaniston 26-fevraldan beri Afg’oniston bilan o’z chegarasini yopib qo’ygan. Rasmiylar mamlakatga koronavirus kirmasligi uchun shunday qaror qabul qilgan. Biz vaziyatni o’rganish uchun chegara hudud – Oqina shaharchasiga bordik. Lekin, chegaraning ichki qismidan video olishga ruxsat berilmadi. Ayni damda hukumat rasmiylarining hech biri kamera oldida gapirishni xohlamaydi.
Chegara yopilar ekan, savdogarlar ulkan moliyaviy zarar-ziyon ko’rganini aytadi.
“Yuk tashuvchi ko’plab mashinalarimiz Turkmanistonda qolib ketdi. Haydovchilarning vizalari tugab jiddiy muammolar bilan yuzlashmoqda”,- deydi tadbirkor Muhammad Rahim Misgar.
Yana bir tadbirkor Muhammad Shokir Talosh chegara zudlik bilan ochilishini talab qiladi.
“Eron va Turkmaniston chegaralarida minglab mashinalarimiz va pullarim qolib ketdi. Turkmaniston ham Afg’oniston va ham Eron bilan chegarasini yopib qo’ygan”,- deydi Shokir Talosh.
Oqina shaharchasida vaziyat butkul o’zgargan.
“Chegara karonavirus tahdidi sabab yopilgan deyiladi. Lekin ushbu virus bu yerlarda isbotlangan narsa emas. Agar chegara bir oy yopiq qolsa ham ishsizlik ko’payadi ham narxlar oshadi”,- deydi Allohdod ismli tadbirkor.
Oqina shaharchasining umidsiz manzarasi, vaziyatning salbiy o’zgarishi oddiy odamlarning xavotiriga sabab bo’lmoqda.
“Chegara ochilshini xohlaymiz. Hamma yoq jim, savdo-sotiq yo’q. Choramiz yo’q, kutamiz… Bu joylarda Koronavirus yo’q, bunday gaplar yolg’on”,- deydi Shafiqulla, do’kondor.
Chegaraning qochon ochilishi aniq emas. Lekin Turkmaniston rasmiylari koronavirus muammoasi yechilmaguncha chegara yopiq turishini bildirgan.
Mahalliy rasmiylar chegaralar yopilgani davlat daromadiga katta zarar yetkazayotganini aytadi.