Markaziy Osiyoda koronavirusga haqiqatan ham hech kim chalinmadimi?

Hozircha koronavirusning hozirgi turiga davo yo'q

Dunyo bo’ylab epidemiya avj olayotgan bir sharoitda Markaziy Osiyo koronavirusdan xoli orol sifatida ko’rinadi.

Kasallikka doir so’nggi vaziyatga ko’ra, Markaziy Osiyo koronavirus qayd qilinmagan sanoqli mintaqalardan biri, agar hukumatlar berayotgan ma'lumotlarga tayansak.

Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekistonda ham kasallik tarqashiga doir tegishli vazirliklar bu mamlakatlarda koronavirus qayd qilinmagan deya rasman ta’kidlaydi.

Turkmanistonda koronavirus haqida gapirish matbuotda ham, hukumat mulozimlarining chiqishida ham taqiqlangan. Eron bilan chegaradosh bu respublikada vaziyat haqiqatda qanday ekanligi xususida shubha va gumonlar kuchli.

Your browser doesn’t support HTML5

Tojikiston: masjidlarning yopilishiga qanday izoh berildi?

Yaqinda AQSh hukumati aynan koronavirus sabab Turkmaniston va Ozarboyjonni safar qilish xatarli bo’lgan mamlakat ro’yxatiga kiritdi.

AQSh Turkmanistonga safar qilish rejasidagi o’z fuqarolarini bu mamlakatdagi tibbiy tizim talabga javob bermasligi, Turkmaniston koronavirus tarqash xavfi kuchli davlatlardan biri sifatida qolayotgani haqida ogohlantirdi.

Xorijdagi turkman faollari mamlakatda bir necha kishida koronavirus qayd etilgani, hatto o’lim holati bilan tugagani haqida gapirishmoqda. Avvalroq "Ozodlik" radiosining turkman xizmati o’z manbalariga tayanib, mamlakatda karantinga olingan ikki nafar fuqaroda koronavirus aniqlagani, bemorlar ahvoli og’irligi haqida xabar tarqatgan edi.

Ammo turkman hukumati bu ma’lumotlarni rad etib chiqqan, mamlakatda koronavirus qayd etilmagani haqida bayonot bergan.

Your browser doesn’t support HTML5

Turkman-afg'on chegarasida

Koronavirusning Turkmanistonda yopiq mavzuga aylantirilgani hisobga olmaganda Markaziy Osiyoda virus tarqashi bilan bog’liq vaziyat ochiq muhokamada, tegishli vazirliklar jamoatchilikni virus va xavfsizlikka doir so’nggi vaziyatdan xabardor qilib turishibdi.

O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi epidemiyaga qarshi kurash choralari jiddiy kuchaytirilgani haqida bayonot berar ekan, koronavirus qayd etilmagani, ammo kasallik keng tarqagan mamlakatlardan kelgan fuqarolar karantinda saqlanayotgani eslatib o’tadi.

9- mart holatiga ko’ra karantinga olingan fuqarolar soni bir necha yuz kishini tashkil etmoqda. Shu kuni Janubiy Koreyadan olib kelingan 200 nafarga yaqin fuqaro Bo’stonlikdagi sanatoriyaga joylashtirilgan. 1-mart kuni Janubiy Koreyadan qaytarilgan 250 nafar fuqaro ham Toshkent viloyatida karantinga joylashtirilgani xabar qilingan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xitoyliklar O'zbekistonda nega karantinga olinmadi?

8-mart kuni esa umra safari o’tayotgan 250 yaqin fuqarolar Saudiya Arabistonidan olib chiqilgan. Umra safaridan qaytarilganlar karantinga joylashtirilmagani, aeroportda o’tkazilgan jiddiy tibbiy tekshiruvdan so’ng uylariga kuzatilgani, uy sharoitida shifokor nazoratida bo’lishlari xabar qilinadi.

9-mart kuni O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotidan (JSST) virusga qarshi kurash bo’yicha mutaxassislar mamlakatga kelgani, O’zbekiston tomonini virusga qarshi kurash bo’yicha amalga oshirayotgan chora tadbirlarini texnik ekspertizadan o’tkazayotgani haqida xabar berdi.

Vazirlikka ko’ra, JSST mutaxassislari O’zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan xavfsizlik choralarini xalqaro me’yorlarga mos deb topishgan.

“Eslatib o’tamiz, shu kungacha mamlakatimizda koronavirus infersiyasi bilan bog’liq biror holat qayd etilmagan”, deb yakunlaydi Sog’liqni saqlash vazirligi virus bilan bog’liq so’nggi vaziyatga oid xabarini.

Koronavirus tarqashi dunyo davlatlari hisobiga kengayib borar ekan O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi ham vaziyat yuzasidan muntazam ma’lumot taqdim etib turgani kuzatiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'oniston: Koronavirusga qarshi qanday choralar ko'rilmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron - Turkmaniston o’rtasidagi qatnov yopilishi ortidan chegarada qolib ketgan o’zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini murojaati paydo bolishi ortidan vazirlik vaziyat nazoratga olingani, haydovchilar bilan muntazam aloqa ushlab turilgani haqida ma’lumot berdi.

Tashqi ishlar vazirligi koronavirus infeksiyasi Fransiyada avj olishi ortidan ham murojaat bilan chiqqan.

O’zbekistonning Fransiyadagi fuqarolari diqqatiga e’lon qilingan bu xabarda vaziyat yuzasidan ishchi guruh tuzilgani, elchixona, konsullik bo’limlari bilan bog’lanish uchun qo’shimcha kanallar ish tushirilgani ta’kidlanadi.

Avvalroq O’zbekistonni Janubiy Koreyadagi elchisi bu mamlakatdagi fuqarolarga murojaat bulan chiqqan, ularni vahimaga tushmaslikka, keskin zarurat bo’lmagan taqdirda vatanga qaytishga shoshilmaslikka chaqirgan edi.

Koronavirus bilan bog’liq vaziyat dunyo bo’ylab jiddiy vahima, sarosima uyg’otgani bilan ham xavfli ko’rilmoqda. Bu vahima, sarosimalar virus infeksiyasi qayd qilinmagan bo’lsa-da, O’zbekistonni ham chetlab o’tmagan.

“Xalq so’zi” gazetasi Farg’onada koronavirus tarqalgani haqida yolg’on xabar tarqatgan mahalliy radio jurnalisti aholi o’rtasida vahima uyg‘onishiga sababchi bo’lgani, buning ortidan jurnalist jamoatchilikdan kechirim so’ragani haqida yozadi.

Koronavirus bilan bog’liq Markaziy Osiyodagi so’nggi vaziyat mintaqa davlatlari virus o’chog’i bo’lgan Xitoy, virus ashaddiy tarqayotgan Eron, kasallik qayd qilingan Afg’oniston, Rossiya kabi davlatlar bilan chegaradosh bo’lishlariga qaramasdan infeksiyaga doir holatni hozircha nazoratda ushlash imkoniyatida ekanliklarini ko’rsatmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'oniston: Koronavirusga qarshi qanday choralar ko'rilmoqda?