AQSh yetakchi rasmiylari bu hafta Markaziy Osiyo poytaxtlarida

  • Amerika Ovozi

Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Donald Lu, Bishkek, 23-may, 2022

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati, Davlat kotibi muovini Donald Lu bu hafta Bishkek, Toshkent, Dushanbe va Nursultonda bo'ladi.

23-27 may kunlari u to'rt respublikaning vazirlari va boshqa mutasaddilari, shuningdek, nohukumat tashkilotlar va xususiy sektor vakillari bilan uchrashadi. Lu yetakchiligidagi delegatsiyada Amerikaning Markaziy Osiyo bilan ishlaydigan yetakchi rasmiylari, jumladan Oq uy Miliy xavfsizlik kengashidan Erik Grin, Pentagondan Rebekka Zimmerman, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligidan Anjali Kaur, AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasidan Naz al-Xatib bor.

Delegatsiya bugun Qirg'izistonda Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan muloqot qilgan. Xavsizlik, iqtisod va sarmoya - asosiy masalalar.

AQSh-Qirg'iziston muloqoti, Bishkek, 23-may, 2022

Qo'shni davlatlarda ham AQSh rasmiylari xavfsizlik masalalaridan tortib regional birdamlik, bugungi iqtisod va ijtimoiy masalalar, fuqaro jamiyati va inson huquqlari ahvoli xususida gaplashadi.

Amerikadan borgan mehmonlar hukumatlarni islohotlar jadallashsin, deya undaydi, xususan O'zbekiston va Qozog'istonda, chunki har ikkisida rahbariyati yangi O'zbekiston va yangi Qozog'iston tushunchalarini targ'ib qilib, serqirra reformalar keyotganini da'vo qiladi. Ammo ular aslida sust va rahbarlar va'da qilganidek chuqur va sistematik emas, degan tahlil keng.

Tojikistonda ikki davlatning yillik maslahatlashuvi ham o'tadi. Lu fuqaro jamiyati va rasmiylar bilan afg'on qochqinlari va ularga yordamni muhokama qiladi.

Donald Lu oldin Qirg'izistonda AQSh elchisi bo'lgan