AQSh rahbari Jo Bayden va boshqa siyosatchilar oraliq saylovlar oldidan ro’y bergan zo’ravonlikni qoralamoqda. Vakillar palatasi spikerining uyiga bir shaxs bostirib kirib, uning turmush o’rtog’iga hujum qilgan.
AQShning eng qudratli siyosatchilaridan birining oila a’zosiga hujum mamlakat qanchalik bo’linganini, saylov oldidan vaziyat qaltis ekanini ko’rsatdi.
Palata spikeri Nensi Pelosi uyida bo’lmagan. Hujumchi uning turmush o’rtog’i, 82 yoshli Pol Pelosiga bolta bilan hamla qilgan.
“Bu qasddan qilingan ish. Biz saylagan odamlar o’z shahri, okrugi, shtati va mamlakat ishlari bilan band axir”, - deydi Los-Anjeles politsiya boshqarmasi rahbari Vilyam Skott.
Your browser doesn’t support HTML5
Bayden hujumni qoraladi.
“Yetar. Har bir vijdonli odam qaysi partiyaga ergashishidan qat’i nazar siyosatimizdagi zo’ravonlikka qarshi ekanini aniq aytishi kerak. [APPAUSE] Barcha amerikaliklar bunga qarshi”, - deydi prezident.
Sobiq prezident Barak Obamaning aytishicha, ayrim siyosatchilar aynan nifoq urug’ini sochishga harakat qiladi.
Tadqiqotchilarga ko’ra, zo’ravonlik har tarafdan kelmoqda. Shu yoz Oliy sudning konservativ a’zolariga abortga doir qonunni bekor qilgani uchun o’lim tahdidlari yog’ildi.
Buni ham ko'ring AQShda saylov oldidan qo'shimcha xavfsizlik choralariRespublikachilarning Senatdagi raisi Mitch Makkonnel hujumni jinkanch deya qoralab, Pelosining oilasiga salomatlik tiladi.
Sobiq vitse-prezident Mayk Pensning yozishicha, rasmiylar va ularning oila a’zolariga qarshi hujumlarga toqab qilib bo’lmaydi.
Sobiq prezident Donald Tramp avvaliga sukut saqlab, keyinchalik hujumni “dahshatli” deya tanqid qildi.
Tramp 2021-yilning 6-yanvarida “Twitter” platformasidan haydalgan. Uning 2020-yilgi saylov haqqoniy bo’lmagani haqidagi asossiz da’volari, bu haqdagi tvitlari uning tarafdorlarini Kapitoliyga hujum qilishga undagan, deya xulosa qilgan edi “Twitter” kompaniyasi. Tramp tvitlarida uning izidan yurmagan Mayk Pensni ham nishonga olgan edi.
Ba’zi tanqidchilarga ko’ra, oraliq saylovlar oldidan salbiy muhit shakllanganiga Tramp aybdor.
Bir necha kun oldin “Twitterni” sotib olgan milliarder tadbirkor Ilon Mask Pelosiga hujum haqida yozib, asossiz mish-mishlar tarqatuvchi bir vebsaytga ishora qilgan. Tanqidlar ketidan Mask ko’p o’tmay tvitni o’chirib tashladi. Tramp “Twitter”ga qaytishi ehtimoli bor.
“Trampning yana “Twitter”ga qaytishi mumkinligi ko’pchilikni xavotirga solayapti, chunki bu mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy muhit yanada keskinlashishiga olib keladi. Ekstremal ritorika ko’payishi tufayli ayrimlar zo’ravonlikka qo’l urishi mumkin”, - deydi siyosiy tahlilchi Darrel Vest.
Buni ham ko'ring Bayden Amerika xalqidan demokratiyani avaylashni so'ramoqdaAdliya vazirligi ovoz berish “erkin va adolatli” o’tishini, saylovchilarni qo’rqitishga yo’l qo’yilmasligini kafolatlagan.
Arizonada qurollangan guruh saylovchilarni suratga olayotgani to’g’risidagi shikoyatlar ketidan xavfsizlik kuchaytirildi. Viskonsin shtatida esa saylov uchastkalari ishchilari uchun treninglar o’tkazilmoqda.
Hozirgi muhitdan hafsalasi pir bo’lgan amerikaliklar, har bir fuqaro, deydi Vest, chora ko’ra oladi.
“Odamlar siyosatda ishtirok etishi kerak. Qancha ko’p fuqaro qatnashsa, tizim shuncha kuchli bo’ladi va ekstremistlarning ovozini bostirishga yordam beradi. Chiqib ovoz bering, o’z fikringizni bildiring. Odamlar saylovda faol bo’lsa, vaziyat yaxshi tomonga o’zgaradi”, - deydi suhbatdosh.
Fuqarolar hozirdan yoki 8-noyabrda ovoz berishi mumkin.