Xitoy hukumati koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirar ekan, yoshlar orasida norozilik kuchli. Keskin tartibdan shikoyat qilgan talabalar namoyishlarni kengaytirmasligi uchun universitetlar ularni uyiga qaytarmoqda. Rahbariyatni qoralab chiqqan yoshlarga toqat qilinmaydi, deya ogohlantirmoqda mutasaddilar.
29-noyabr kuni biror yirik shaharda namoyishlar kuzatilmagan.
Dam olish kunlari manzara boshqacha edi. Kamida sakkiz megapolisda mitinglar o'tkazilgan. 28-noyabr kuni hukumat koronavirusga qarshi ayrim cheklovlarni yumshatgan. Lekin Pekin pandemiya yana avj olmasligi uchun zarur qadamlar tashlanadi, deya eslatmoqda rasmiylar.
Universitetlarga ko'ra, nimaiki tadbir ko'rilayotgan bo'lsa, talabalar salomatligini ko'zlaydi. Yoshlar bunday fikrda emas. Ularning aytishicha, choralar insonlarning erkin harakatlanishi, birgalikda ishlashi, bilim olishi va do'stona to'planishini ham cheklaydi.
Universitetlar avtobuslarda talabalarni vokzallarga yetkazib, poyezdga o'tkazib yubormoqda. Darslar va imtihonlar onlayn o'tadi.
Buni ham ko'ring Urumchida namoyishlar ketidan ayrim cheklovlar yumshatildiPekin o'rmonchilik universitetining bayon qilishicha, biror talabadan virus chiqmagan, ammo talabalarga ota-onasining oldiga borish tavsiya qilinmoqda. Boshqa oliy ta'lim maskanlarida ham shartlar shunday.
Xitoy universitetlari va institutlarida 1980-yillarda talaba uyushmalari vujudga kelib, hukumatga tanqid avj olgach, Kommunistik partiya bunday kayfiyatni bartaraf etish maqsadida turli choralarni yo'lga qo'ygan.
Xitoy ta'lim tizimi bo'yicha ekspert Dali Yang deydiki, yoshlarni uyga yo'llash bilan rahbariyat hozirgi murakkab vaziyatdan chiqmoqchi.
"Talabalar ta'lim ololmayotganidan norozi. Ish topish kerak, biroq bizneslar qiyin ahvolda, ishsizlik ko'lami kengaymoqda. Yoshlar g'azabda", - deydi mutaxassis.
Tinimsiz testlar va infeksiyaga qarshi muntazam choralar odamlarni charchatgan. Sayohat qilish ham og'ir, chunki bu jarayonda ham imkoniyatlar oz.
Gongkongda talabalar namoyishga chiqib, Pekinni diktatorlik siyosatida, fuqarolarga qul sifatida qarashda ayblagan.
Bu chiqishlar - Gonkongda oxirgi bir yilda qayd etilgan eng katta demonsratsiya.
Koronavirus choralari ayrim joylarda samara bergandir, deydi tanqidchilar, ammo odamlar oylab uydan chiqa olmay, ovqatsiz va dori-darmonsiz qoldi.
Boshqaruv karantin yumshaydi, deya va'da bersa-da, choralarni bekor qilmagan.
29-noyabr kuni mamlakat bo'ylab 38 ming 421 nafar kishida virus aniqlangan.
"Bu xavotirli ko'rsatkich", - deya bildiradi hukumat.
Norozi fuqarolar esa boshqaruvni sifatsiz vaksina bilan emlaganlikda tanqid qiladi.
Buni ham ko'ring Ekspertlar: Shinjon, Tibetda karantin choralari repressiyani kuchaytirishi mumkinShanxaydagi namoyishlarda olomon "Si Zinpin ketsin! Kommunistik partiya daf bo'lsin!" deya hayqirgan.
O'tgan hafta Urumchidagi yong'inda kamida 10 kishi halok bo'lgan. Odamlar unda ham hukumatni ayblaydi.
Shinjon-uyg'ur muxtoriyatida karantin shartlari bekor qilinishi kutilmoqda.
Dali Yang tahlilicha, norozilik hissi karantin olib tashlansa ham barham topmaydi.
AQSh hukumati Xitoy hukumatini fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishga undab keladi.
Tayvan rahbariyati ham Pekinni karantinda xalqni ezmaslikka chaqirgan.
1989-yilda talaba ekan, hukumatga qarshi bosh ko'targan Vong Dan nazarida Si Zinpinning hokimiyatda qolishi repressiyadan darak, xalqning esa toqati toq.
"Kelasi besh yil murakkab davr bo'ladi, Si uchun ham, Xitoy ahli uchun ham", - deydi Vong.
"Hozirgi namoyishlar yangi bir bosqichdir - fuqaro jamiyatining ovozini eshitayapmiz. Zulmga asoslangan siyosatga xalq endi chiday olmayapti".