AQShning Afg'onistonda xotin-qizlar va inson huquqlari bo'yicha maxsus vakili Rina Amiriy "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, xalqaro hamjamiyat, ya'ni BMT va boshqa global tashkilotlar, hukumatlar va Afg'onistonga befarq bo'lmagan barcha tomonlar mamlakat tinchligi va ravnaqi uchun birga ishlashga bel bog'lagan va Tolibonga nisbatan siyosatda birdam.
"Xususan, ayollarga erkinlik bermasa, Tolibon dunyodan xohlayotgan biror narsasiga erisha olmaydi. Tolibon xalqaro hamjamiyat bilan normal aloqada bo'lishni istaydi, ammo buning uchun avvalo Afg'onistondagi sharoitni yaxshilashi kerak", - deydi Amiriy.
Qizlar uchun maktablar yopilganiga ikki yil bo'lmoqda. Ayollar hozir ishlay olmaydi. Universitetlar va boshqa dargohlar ham bu jins vakillariga yopiq. AQSh va uning hamkorlari qanchalik harakat qilmasin, deya tan oladi diplomat, vaziyat o'zgarmayapti.
Iqtisod izdan chiqqan. Ochlik domida yashayotganlar ko'p. Erkaklar mehnat qilishi uchun ham imkoniyatlar ozayib bormoqda. Adolatsizlik, yug'ichlik keng.
"Tolibon hukmronlikni mustahkamlash uchun xalqni ezish yo'lidan bormoqda", - deydi Amiriy.
Buni ham ko'ring Qo'shnilar va Rossiya Tolibonga quvvatlov shartlarini eslatdiUning aytishicha, Afg'onistonda xotin-qizlar hayotini osonlashtirish uchun qator takiflar olg'a surilgan. BMTning yetakchi rasmiylari Kobulga borib, uni ijobiy ishlar qilishga undagan. xalqaro talablarni eslatgan.
"Bu kabi chaqiriqlar aslo tinmaydo va biz harakat qilaveramiz", - deydi Amerika diplomati.
Bayden ma'muriyati Afg'onistonga yordam berishga tayyor ekanini ta'kidlaydi, ammo Kobuldagi rahbarlar uning uchun sharoit yaratishi shart, ya'ni inson huquqlari ta'minlanishi, toliblar adolatli va oshkora siyosat yuritishi kerak.
"Ayollar ishlay olmayotgan, qizlar o'qiy olmayotgan har bir kun ulkan yo'qotishdir. Biz ularga bilvosita ko'maklashish payidamiz, ammo ular har bir soniyani shafqatsiz va vijdonsiz tuzum ostida yashamoqda", - deydi Amiriy.
Markaziy Osiyo davlatlari, qolaversa boshqa musulmon mamlakatlarda rahbarlar Tolibon bilan diplomatik rishtalarga ega.
Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Pokiston, O'zbekiston hukumatlari Kobul bilan muloqotda ekani uning siyosatini ijobiy tarafga burmagan. Amiriy deydiki, bu davlatlar ham Tolibon xotin-qizlar uchun ilm dargohlari va ishxonalarni yopganini qoralab kelmoqda, bunday siyosatdan qaytishga undamoqda.
Buni ham ko'ring AQSh, Yevropa, Avstraliya Afg'onistondagi terrorchilardan xavotirda"Saudiya Arabistoni, Islomiy hamkorlik tashkiloti, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiya, masalan, Kobulni aholi huquqlarini hurmat qilishga chaqirib, qat'iy bayonotlar bergan", - deydi rasmiy.
Amiriy bugungi murakkab vaziyatdan chiqish uchun yanayam qattiqroq ishlash zarurligini tan oladi.
"Xususiy sektor, nohukumat tashkilotlar, siyosiy boshqaruvlar, ekspertlar va faollar - hamma Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan yakdil. Yechimlar izlayapmiz, fikr almashayapmiz", - deydi Amiriy.
Indoneziya va Qatar afg'on qizlari chet elda ta'lim olishi uchun stipendiyalar ajratgan. Biroq Tolibon fuqarolarning chetga chiqishini ham cheklab qo'ygan.
"Biz afg'on xalqining qiyinchiliklarini yengillashtirib, toliblarni to'g'ri yo'lga boshlaydigan samarali choralar ko'rishimiz zarur. Eng asosiysi, Kobuldagi rahbariyat Afg'oniston manfaatlari ustida qayg'ura boshlashi kerak".
Amiriy deydiki, toliblarning asosiy dardi xalqqa xizmat qilish uchun, hokimiyatda qolish. Boshqaruvni qo'ldan boy bermaslik uchun aslida odamlarning muammolarini hal qilish kerakligini Tolibon eshitishni xohlamaydi.