Dushanbe Rossiyada tojikistonliklar tahqirlanayotganidan norozi

Rossiya Bosh prokuraturasi, Moskva

Tojikiston hukumati Rossiyada uning fuqarolari kaltaklanishi, ularga nisbatan shafqatsiz munosabat va talabalarning ommaviy hibsga olinishi yuzasidan Moskvani savolga tutmoqda.

Bosh prokuror Yusuf Rahmon Rossiya Bosh prokuraturasidan federatsiyaning ayrim huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining Tojikiston fuqarolariga nisbatan xatti-harakatlarini tekshirish va ularning harakatlariga huquqiy baho berishni soragan.

Bundan oldin Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevdan tojikistonlik talabalarning kaltaklanishi masalasida murojaat qilgan edi.

Rossiyada 1-2 million orasida tojikistonlik migrant bor

24-may kuni Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorev Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, "bunday hodisalar Tojikiston va Rossiya strategik munosabatlariga munosib emas va maorif sohasidagi hamkorliklar rivojiga zarar keltiradi" deya takidlagan.

19-may kuni Xabarovsk o'lkasida Rossiya Ichki ishlar maxsus xizmati zobitlari erta tongda talabalar yotoqxonasiga bostirib kirib, yuzdan ortiq tojik studentlariga qopol munosabatda bolib, ulardan bazilarini kaltaklagan.

27-may kuni Moskva shahrining Belovejskiy kochasida ham onlab tojikistonliklarga qopol munosabatda bolinib, ulardan bazilari hibsga olingan.

Rossiya huquq tartibot yaki kuch tizimlarining bu amaliyotlari goyo mahalliy aholi shikoyati natijasida amalga oshirilgan.

28-29 may kunlari ham shunday holatlar qayd etilgan.

30-may kuni Moskvaning Mitino metro bekati yaqinidagi mahallada 150 nafar tojik muhojirlarini qolga olishgan.

3-iyun kuni Sankt Peterburg shahrida ham tojikistonlik va qirgizistonlik muhojirlar orasida igvo qozgalib, mushtlashuv va betartibliklar vujudga kelgan va natijada ishtirokchilardan 380 nafari politsiya bolimiga olib ketilgan.

Novosibirskda tojikistonlik migrantlar mehnatda, avgust, 2022

Shu tariqa Rossiyaning turli mintaqalarida turli sabab yoki bahonalar bilan tojik muhojirlarini kaltaklash, pastga urish, hibsga olish, xulosa bosim otkazish davom etar ekan, bu jamoatchilik orasida ham qizgin muhokamalarga sabab bolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda mehnat muhojirlari va ziyolilar oz tajriba va fikrlarni bayon etmoqda.

Uzoq yillar Rossiyada ishlab qaytgan tojikistonlik ziyoli Muhiddin Sharifzoda, fikricha, "qars ikki qoldan chiqadi." Yani, Rossiyada tojikistonlik muhojirlarning huquqlari poymol etilishiga ularning ozlari ham sababchi.

Songgi 10 yil davomida olib borgan tadqiqotlarim shuni korsatdiki, Rossiya Federatsiyasining migratsiyaga oid qonunchiligida bir qancha kamchilik va nomukammalliklar bor. Shu bilan birga, aniq faktlar asosida amin boldimki, Rossiya migratsiya qonunchiligini, yumshoq qilib aytganda, "unchalik insoniy bolmagan" tomonga qatiylashtirilishi malum bir qism muhojirlarning unchalik munosib bolmagan xatti-harakatlariga nisbatan Rossiya jamiyatining majburiy reaksiyasi hisoblanadi. Bazan bizning muhojirlarimiz oz Vatanida qilmaydigan ishlarga qol urishadi. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga hurmatsizlik va kopincha uning buzilishi haqida gapirmasa ham boladi",– deydi Sharifzoda.

Ammo boshqa bir ziyoli olim Anvar Maqsudovning fikricha, asosiy muammo Rossiyada irqchi yoki millatchi fikrlashning ommaviy tus olishida.

"Rossiyadagi asosiy muammo kopchilikning irqchi fikrlashidir. Sovet ittifoqi parchalanganidan keyin bu ozini yanada aniqroq korsata boshladi. Rossiyada tojiklarga qarshi sodir bolayotgan hamma narsa Rossiya rahbariyatining buyrugi bilan sodir bolmoqda va bu qorqinchli. Rossiyada qoidalarni tojiklar hammadan kam buzadi, ammo barcha azob faqat tojiklarga. Buning nomini genotsid deydilar. Rossiya fashist-kolonial davlatga aylanib boryapti. Rossiyani Sovet ittifoqi bilan solishtirmang. U davlat boshqa eti va hozirgi Rossiya boshqa",–deydi Maksudov.

Ayniqsa Markaziy Osiyodan kelgan ishchilar Rossiyada tez-tez tahqirlanadi

Oliygohni tamomlagandan song Rossiyada mehnat muhojirligida ishlab yurgan 29 yoshli yigit Bunyodjon Polodiyning aytishicha, Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga past nazar bilan qarash shakllangan.

"Rossiyada muhojirning biror qiymati yoq. Aksariyat nazoratchilaru politsiyachilar muhojirlarga "boshqacha koz" bilan qaraydi. Kochayu metroda, bozoru maydonlarda millionlab odamlar yuradi, ammo ular orasidan faqat muhojirlarni toxtatib, tekshira boshlaydi. Hatto ruslardan jabr korib, politsiyaga xabar qilsangiz, kelib ozingizni tekshirib, javobgarlikka torishga harakat qilishadi. Bu yurtda hatto kochadagi uysiz mayzadaning obrosi ham muhojirnikidan balandroq. Men bir muhojir sifatida shunday holatlarga guvoh bolyapman",–deydi Bunyodjon.

Bazi rus mansabdorlarining ommaviy tarzda mamlakatda yuz berayotgan jinoyatlarning aksariyati mehnat muhojirlari hisobidan deya qayta-qayta iddao qilishi omma ongiga singib ulgurgan.

Masalan, Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bir-necha yillardan beri Rossiyada eng kop jinoyat mehnat muhojirlari tomonidan sodir etayotgani va ular tufayli mamlakatda jinoyatchilik darajasi yildan-yilga ortib borayotganligini ommaviy tarzda iddao qilib keladi.

Ammo tahlillar shuni korsatadiki, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi (MDH) mamlakatlari fuqarolari tomonidan Rossiyada sodir etilgan jinoyatlar korsatkichi bu mamlakatda qayd etilgan jinoyatlar umumiy sonining atigi 2,5 – 3,9 foizini tashkil etadi.

Ayrim tahlilchilar deydiki, muhojirlarga bosim otkazish va ommaviy hibsga olishdan asosiy maqsad, ularni Ukrainadagi jangga jalb etish bolishi mumkin.

Yaqin kunlarda Rossiyada harbiy safarbarlikning ikkinchi bosqichi boshlanadi va unga koproq Markaziy Osiyo fuqarolari, jumladan, Rossiya fuqaroligi, vaqtincha yashashga ijozatnoma (RVP) yoki yashashga ijozatnoma (VNJ) olgan Tojikiston fuqarolari jalb qilinadi. Bu bosim Tojikiston davlati Rossiyaning tojiklarni Ukrainadagi urushga jalb qilish boyicha keyingi harakatlariga qarshi davo qilmasliklari uchun qilinyapti”,–deydi Rossiyada yashab, muhojirlar huquqlarini himoya qiluvchi advokat Shuhrat Qudratov, "Ododlik" radiosining tojik xizmati bilan suhbatda.

Huquqshunosning aytishicha, muhojirlarga bosim Tojikiston tomonidan "Ukraina urushida qatnashayotgan fuqarolarni royxatga olish va ularni javobgarlikka tortish" haqida aytilganidan song boshlandi.

Aslida Tojikiston "amaldagi qonunlarga tayanilib, xorijiy davlatlarda harbiy amaliyot yoki jangda qatnashgan fuqarolar royxatga olinib, mamlakatda jinoiy javobgarlikka tortilishi"ni Rossiya Davlat dumasida "tojik batalyoni" tuzish taklifi yangrashi ortidan elon qilgan edi. Joriy yilning 6-may kuni Rossiya Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyev tojikistonliklardan iborat harbiy qism yaratish haqidagi chaqiriq bilan chiqdi. U oz chiqishida, Tojik batalyonlari qayerda?", deya gazab bilan savol qoyar ekan, "Nega Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar maxsus amaliyot mintaqasiga qisman safarbarlik doirasida chaqirilmaydi?", – deya hayrat izhor qilgan edi.

Rossiyada migrantlarga so'nggi bosimlar nega aynan tojikistonliklarga?

Songgi paytlarda Ukrainadagi urushda mehnat muhojirlari va bu davlatning tojikistonlik fuqarolarining ishtiroki haqida kop gapirilmoqda. OAV malumotlariga kora, Rossiya qamoqxonalarida jazo otayotgan bir necha Tojikiston fuqarolari urushda halok bolgan. Agar sabab va oqibat munosabatlariga nazar tashlasak, bu qarash real korinadi. Chunki joriy yilning 6 may kuni Davlat Dumasi vakili Mixail Matveyev ozining Telegram-kanalida Tojikiston batalonlari yoqligini organgan” deb yozgan va oz fikricha, bunday bolinmani tashkil etish zarurligini batafsil tushuntirgan edi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasidan aynan tojikistonlik muhojirlarga bosim otkazilishi va ularni Ukrainadagi urushga jalb etishga qattiq kirishilishining sababi ikki davlat orasidagi ikki fuqarolik kelishuvi bolishi mumkin, degan taxmin ham bor.

Dushanbe shahrida faoliyat yuritayotgan "Fuqarolar erkinliklari idorasi" jamiyat tashkiloti direktori, huquqshunos Dilrabo Samadovaning aytishicha, ilgari ikki fuqarolik tojikistonliklarga imkoniyat bergan bolsa, endi boshiga balo bolmoqda.

"Ikki davlat kelishuvi va amaldagi qonunlarga kora, fuqaro ikki davlatdan birida, qaysi davlatda doimiy qaydda tursa, osha yerda harbiy xizmatni otashi kerak. Ayni jang holatida Rossiya fuqaroligini ham qabul qilgan va u yerda doimiy qaydda turadigan Tojikiston fuqarolari qonuniy tarzda harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bu masuliyat yurtdoshlarimizga Rossiya fuqaroligini qabul qilish bilan yuklatilgan",– deydi Samadova.

9-may kuni sobiq sovet davlatlarining prezidentlari qatori Tojikiston rahbari Emomali Rahmon ham Moskvaga borib, Rossiyani ulug'lovchi marosimlarda ishtirok etgan. Migrantlar masalasi qanchalik muhokamada?

Huquqshunos fikricha, bu qonuniy yol. Ammo fuqarolarni urushga jalb etish uchun boshqa usullardan ham foydalanilayotgani, jumladan, hibsga olingan yoki jinoiy jazo muddatini otayotganlarni urushga jalb etish qonunga zid.

Siyosatshunos Sherali Rizoyon fikricha, tojikistonlik mehnat muhojirlari omilidan Rossiya oz maqsadlari yolida foydalanib kelayotganligi sir emas.

"Songgi 15 yil ichida Rossiyada tojikistonlik mehnat muhojirlari omilidan bosim vositasi sifatida foydalanilmoqda. Zarurat tugilganda, Moskva rasmiylari oz maqsadlariga erishish uchun bu omildan keng foydalanadilar. Ushbu boshlangan "kampaniya"da mavzuning ikki jihatini aytib otishimiz mumkin:

Birinchidan, jamoatchilik fikrini chalgitishga va mavjud ichki muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ichki aloqalar uchun harakat. Bu kampaniya” boshlanishidan oldingidek bir guruh Rossiya fuqarolarining Tojikistondan kelgan mehnat muhojirlariga nisbatan noroziligi oshkor etildi.

Ikkinchidan, Rossiyaning geosiyosiy maqsadlari, bu ham Ukrainadagi urushning davom etishi, ham bu davlatning Markaziy Osiyodagi siyosati bilan bogliq. Mavjud vaziyatni hisobga olsak, Rossiya hududidagi mehnat muhojirlarining ahvoli zaifligicha qolayotganini taxmin qilish mumkin va buning yaxshilanishi dargumon",–deydi siyosatshunos Sherali Rizoyon.