Vashingtonda qirg'izlar namoyish qildi

Vashington, 25-oktabr, 2023

25-oktabr kuni o'nga yaqin qirg'izistonlik davlatining AQShdagi elchixonasi oldidagi norozilik namoyishida vatanda inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi.

Filadelfiya, Vashington va boshqa shaharlarda yashaydigan bu muhojirlar nazarida Qirg'izistonda vaziyat og'irlashib bormoqda, chunki qonun ustuvorlik qilmay qo'ygan, tuzumning o'zi huquqbuzar.

Your browser doesn’t support HTML5

Qirg’iz norozilik namoyishi -- Kyrgyz protest in Washington (1)

Bu faollarga ko'ra, Qirg'iziston endi erkin jamiyat emas, aksincha o'tgan uch o'nyillikda qo'lga kiritilgan demokratik yutuqlar bugun boy berilib, matbuot erkinligi cheklanmoqda, siyosiy huquqlar har kuni poymol etiladi, muxolifat tazyiq ostida va hukumat har qanday tanqidiy ovozni o'chirish payida.

Namoyishchilardan ayrimlari vatanda qamoqda o'tirib chiqqan. Ular elchixonadan emas, bu elchixona aks ettiradigan hukumatdan norozi.

Tashkilotchi Aydar Rayev deydiki, gap namoyishchilarning oz sonli ekanida emas, ular bildirayotgan dard va qo'yayotgan talablarda. Har bir fuqaro davlatidan adolat talab qilishga haqli va qilishi kerak, deydi Rayev.

Namoyish uzoq kechmadi. Guruhni elchixona ichkariga taklif qildi. Elchi Baktibek Amanbayev bilan qisqa muloqot kechdi.

Uchrashuv konstruktiv kechmadi, aksincha salbiy ruhda tugadi, deydi faollar.

Vashington, 25-oktabr, 2023

Biroq bu qirg'izlarning ishonchi komil: namoyishda ko'tarilgan masalalar va Vashingtonda yangragan nolalar Bishkekka allaqachon yetib borgan.

AQSh hukumatidan iltimos shuki, deydi faollar, respublikadagi qonunbuzarliklarga ko'z yummasin, Vashington Qirg'iziston xalqi tarafida bo'lsin, aloqalarda uning manfaatlarini hisobga olsin.

Buni ham ko'ring Qirg'izistonda media erkinlik yanada cheklanishi mumkin

Qirg'iziston rahbari Sadir Japarov va uning ma'muriyati huquqni hurmat qilishini, qonunga bosh egishini, xavfsizlik va erkinlikni ta'minlash uchun qattiq ishlayotganini da'vo qiladi.

Bugun Bishkekda parlament qabul ma'qullagan loyihalar Qirg'izistonda "xorijiy vakil" degan maqom joriy etib, chet eldan moliya olib ishlayotganlarni alohida tamg'alashni ko'zlaydi.

Inson huquqlari tashkilotlari, mamlakatda va xorijda, bu tashabbusni qoralamoqda.

"Xorijiy vakil" tashabbusi hukumatdan chiqqan va mazmunan, Rossiya hamda boshqa repressiv rejimlar tanishtirgan qonunlarga o'xshaydi. Uning vositasida, deydi huquq himoyachilari, Bishkek G'arb ta'siriga qarshi kurashmoqchi, demokratiyani so'ndirmoqchi. Japarov ma'muriyati buni inkor etadi.

Buni ham ko'ring Japarov Putindan o'rnak olmoqdami?