Inson huquqlari bo'yicha xalqaro tashkilot "Human Rights Watch" (HRW) nazarida O'zbekistonda yana bir bloger uzoq muddatga qamalgani hukumat va'da qilgan demokratik islohotlarga ishonchni pasaytirmoqda.
34 yoshli faol Olimjon Haydarov Farg'ona tuman jinoiiy sudi tomonidan tovlamachilik, tuhmat va haqoratda aybdor deb topilib, 1-dekabr kungi hukmga binoan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Sud Haydarovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini o'chirishni buyurgan.
Qo'qon bozori rahbariyatidan tanqidiy maqola evaziga minglab dollar undirishga harakat qilganlikda gumon qilinib, shu yilning 29-iyulida hibsga olingan bloger ayblovlarni uydirma deb atab, sudda ularni tan olmagan.
HRWning Markaziy Osiyo bo'yicha eksperti Mira Rittman deydiki, hukm O'zbekistonda oshkoralik va adolat uchun kurashayotganlarni qo'rqitadi va faollarga zarba.
“Ayrim yutuqlarga qaramay Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekistoni"da so'z va matbuot erkinligi bilan bog'liq ahvol salbiylashgan, huquqlar tobora tahdid ostida", - deya baholamoqda Rittman.
Buni ham ko'ring IPHR: Makron To'qayev va Mirziyoyevni demokratiyaga undasinHRW nigohida Xaydarov ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab ming kuzatuvchilarga ega, siyosiy va ijtimoiy tanqidchi sifatida ishonch qozongan faol.
Farg'ona Ichki ishlar boshqarmasiga ko'ra esa u Qo'qon bozori haqida qoralovchi materual chiqarmaslik uchun bir necha qismda 10 ming dollar olgan. Sudlanuvchi va uning himoyachilari buni sahnalashtirilgan voqea deb biladi.
Shahar hokimligi va viloyat huquq tartibot tizimi Haydarov tomonidan haqorat va tuhmatga uchraganini iddao qilgan.
HRW O'zbekistonda haqorat jinoyat deb hisoblanishi axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlarning erkin faoliyatiga to'siqdir, chunki har qanday tanqid shunday qabul qilinib, media vakillari sudlanishi mumkin.
O'zbekistonda qonun ustuvor emasligi, sudlar mustaqil emasligi vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, deya qayd etadi HRW.
"Ezgulik" inson huquqlari jamiyati hisobicha, bu yilning o'zida tergov qilingan, sudlangan va qamalgan blogerlar va faollar soni 20 dan oshgan.
Bloger va jurnalistlarning yil boshida Prezident Mirziyoyevdan himoya so'rab qilgan murojaati javobsiz qolgan.
Buni ham ko'ring "Kompromatuzb" ishi yuzasidan hukmHRW 2021-yilda olti yarim yilga qamalgan tandiqchi bloger Otabek Sattoriy masalasini ham ko'tarib keladi. BMT maxsus guruhi ham bu ishni surishtirib, Sattoriyni ozod etishga chaqirgan.
Xalqaro tashkilotlar xulosa qilishicha, O'zbekiston hukumati va biznes doiralar ularning qora ishlarini fosh etishga uringan har qanday ovozni o'chirishga, uydirmalar orqali o'ch olishga bel bog'lagan.
Aks holda, deydi Rittman, tanqidga toqat qilish kerak, biror bloger yoki faol so'zi uchun uzoq muddatga qamalishga loyiq emas.
Oliy sudning bildirishicha, javobgarlikka tortilganlar - tergov xulosalariga binoan ayblovlar qo'yilgan va tegishli dalillar ko'rib chiqilib, sud nuhokamasi asosida hukm chiqarilgan fuqarolar. Sudlanuvchi undan shikoyat qilishga haqli, deya eslatadi sud.