O'zbekistonda yana bir bloger uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Andijon viloyatining Shahrixon tumanida bir paytlar tibbiyot birlashmasida ishlab, keyinchalik sog'liqni saqlash sohasidagi muammolarni ko'tarib tanilgan Otabek Ahliddinov tovlamachilik va talon-torojda aybdor deb topilib, 7 yildan oshiq muddatga qamoq jazosiga mahkum etilgan.
Ahliddinov unga qo'yilgan biror ayblovni bo'yniga olmagan. Rasmiy hujjatlarda ham bu e'tirof etiladi. Bloger va himoyachilari nazarida bu jinoiy ish uni tizimni qoralovchi chiqishlari uchun jazolash maqsadida uyushtirilgan.
Buni ham ko'ring AOKA: Blogerlarning qamalishi matbuot erkinligiga cheklov emasDastlabki mahkama Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudida kechgan. Shu yilning 24-noyabrdagi hukmga ko'ra, 50 yoshli Ahliddinov - oliy ma'lumotli, oilali, 6 farzandning otasi - 5 yil 1 oyga qamalishi belgilangan.
Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati shu oy apellyatsiya tartibida sudlanuvchining shikoyati va prokuror protestini ko'rb chiqib, Ahliddinovni qisman oqlagan. Lekin u Jinoyat kodeksining boshqa moddalari va bandlari bilan ayblanib, jazo muddati uzaytirilgan.
Ahliddinov 3 yilga davlat tashkilotlarida biror mansabda ishlashi taqiqlangan, shuningdek, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan.
Ayblov xulosasiga ko'ra, Ahliddinov Shahrixon tuman markaziy poliklinikada bo'lim rahbari lavozimida ishlagan davrda 200 million so'mdan ortiq mablag'ni o'zlashtirgan.
Sentabr oyidan beri hibsda o'tirgan bloger "Ezgulik" Inson huquqlari jamiyati a'zosi sifatida hukumat faoliyatini tanqid qilib kelgan.
Your browser doesn’t support HTML5