Olga Ukraina jangidan yaralanib kelgan turmush o’rtog’ining unga nisbatan tahdidlari haqida gapirar ekan, ko’rsatkich barmog’ini bo’yniga qo’yib ko’rsatdi.
“Men seni kaltaklab, boshing va qo’lingni kesib tashlayman, o’zingni kislotada kuydiraman, deta tahdid qildi u”, - deydi ayol.
“U Ukrainaga ketishidan avval ham ko’p ichadigan, zo’ravon odam bo’lgan”, - deya eslaydi Olga “AFP” axborot agentligi bilan bo’lgan suhbatda.
Oiladagi zo’ravonlik
Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan ancha avval ham huquqni himoya qilish tashkilotlari mamlakatda ayollarga nisbatan zo’ravonlik holati juda ayanchli ekanligi haqida bong urib kelayotgan edi.
2017-yilda Pravoslav cherkovining qo’llab-quvvatlovi bilan oila a’zolariga nisbatan zo’ravonlik oqibatida jazoga tortilgan rossiyaliklar uchun jazo yengillatilgan.
So’nggi yillarda Vladimir Putin boshchiligidagi Kremlning ta’kidlashicha, oila ichida bo’ladigan tushunmovchilik va zo’ravonliklarni oilaning o’zi hal qilishi kerak, huquq-tartibot organlari emas.
Buni ham ko'ring Ukraina g'oyib bo'lgan fuqarolari haqida ma'lumot izlamoqdaAgentlik faollarining aytishicha, Ukrainadagi urush oqibatida oilalardagi zulm muammosi yana-da kuchayishi mumkin.
Urush faxriylari tomonidan qilingan zo’ravonlik ko’lami haqida aniq raqamlar yo’q’, lekin faollar bir nechta tajovuzlardan omon qolganlarni aniqlagan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ham sobiq askarlar tarafidan qilingan zulm va zo’ravonliklar to’g’risida ko’plab shikoyatlar kelmoqda.
“AFP” axborot agentligi urush faxriylari zulmidan aziyat chekkan ikki ayol bilan suhbatlashdi. Jabrlanuvchilar bosimdan qo’rqib ismlarini anonim saqlashni so’ragan.
Kreml urushda qatnashgan jangchilarni va faxriylarni ulug’lashi hisobga olinsa, ularga qarshi guvohliklar kamdan kam uchraydi.
Moskva esa rus armiyasi va askarlarini tanqid qiluvchilarga nisbatan jazoni kuchaytiruvchi qonunlarni qabul qilgan.
“Muzdek sovuq” ko’zlar
Olganing hayoti uzoq yillar olis rus qishlog’ida zulm ostida o’tgan.
Uning aytishicha, eri aroqxo’r bo’lib, muntazam ravishda urib, zo’rlab kelgan, bor pulini olib qo’yib, har bir qadamini tekshirgan.
Buni ham ko'ring Olimpiadada medal olgan rossiyalik sportchilarning aksariyati harbiylarHar gal qilmishidan so’ng qayta-qayta kechirim so’ragan, ammo keyin yana zulmini davom ettirgan.
Olga 2022-yilning oktabr oyida urushga ketgan erini “o’lim va ko’z yoshlar” orasidagi hayot qayta tarbiyalashidan umid qilgan edi.
Ammo uning umidlari puchga chiqdi. Eri urushdan jarohat tufayli erta qaytdi.
“Ertasi kuni kechki payt juda qattiq asabiylashdim”, - deydi ayol.
“U butunlay hushyor edi, ko’zlari yovuz yaltirab turardi. Bu ko’zlar o’ta sovuq edi va u meni haqorat qila boshladi”, - deya eslaydi u.
Osha kuni oilada keskinlik avj oldi, eri unga qo’l ko’tarishini sezgan Olga tez yordamga qo’ng’iroq qildi.
“Agar meni bu mashinadan tushirsangiz, u meni o’ldiradi”, - dedi tez yordam mashinasidan panoh topgan Olga doktorlar brigadasiga.
“AFP” agentligi Olgaga kelgan tahdidli sms xatlarni, shuningdek, ayollar huquqini va guvohliklarini qo’llab-quvvatlovchi “Konsorsium” huquqni himoya qilish guruhining hisobotlarini o’rganib chiqdi.
‘Adolat orzusida’
Politsiya Olgadan ko’rsatmalar va arizani olib, eridan uydan chiqib ketishni talab qildi. Yillar davomida oiladagi zo’ravonliklarga shunday chora ko’riladi, xolos.
Buni ham ko'ring Rossiya fuqaroligi evaziga Mudofaa vazirligi bilan shartnomaZo’ravon er ozodlikda qolib, yaralangani uchun to’langan tovon puli – 30 000 yevroni sarf qilib, yashab yurishi mumkin.
Oxir-oqibatda er-xotin ajrashdi. Olganing sobiq eri bir necha oy o’tgach, 2023-yil dekabr oyida Ukrainaga qaytdi. Lekin bu orada Olgaga hujum qilib, uning bor pulini olib qo’yishga ulgurdi.
Hatto sobiq eri Ukrainaga ketganidan keyin ham Olga “adolat orzusida” uni jazoga tortish haqida o’ylab yuribdi.
Bunga yaqinda ko’rgan uydagi zo’ravonlik haqidagi teleloyiha sabab bo’ldi.
“Ular go’yoki men bilan to’gridan-to’g’ri gaplashayotgandek tuyuldi”, - deydi Olga.
Teleloyiya Olgani o’zini himoya qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga, “Konsorsium”ga telefon qilib maslahat olishga undadi.
“AFP” agentligi a’zosi Sofiya Rusovaning aytishicha, o’tgan yilning o’zida urush faxriylarining zo’ravonligi haqida 10 ga yaqin shikoyat xatlari olgan.
U ham boshqa huquq-tartibot guruhlari kabi, Kremlning Ukrainaga bostirib kirishi’ Rossiyada oiladagi zo’ravonliklarning kuchayishiga va bu zo’ravonliklarning oddiy holatga aylanishiga qattiq ta’sir qilishini ta’kidlaydi.
“Urush va zo’ravonlikning oqibatlari o’n yillar davomida sezilib turadi”, - deya ogohlatiradi Sofiya.
‘Jazo yo’q’
Kremlning urush faxriylarini o’ta ardoqlab “shohsupaga chiqarishi”, bu kabi mojarolarda ularni qo’llab-quvvatlashi, urush faxriylariga qonundan ustuvorlik, har qanday jazodan ozodlik – daxlsizlik ruhini berdi, - deya qo’shimcha qiladi Sofiya.
“Ko’p ayollar menga zo’ravonning jazodan qo’rqmasligini, ya’ni jazolanmasligini aytishadi, - deydi Rusova. - Bu kabi zo’ravonlar o’z maqomlariga ishonishadi”.
“Faxriylardagi jazosiz qolish ruhi kuchliligining yana bir sababi, Rossiya sud tizimining oilaviy zo’ravonlikka qarshi kurashishdagi ishlarda asosan muvaffaqiyatsizlikka uchrashidir”, - deya qoshimcha qiladi u.
“Ba’zan tizim ayollarni himoya qila olmaydi, oqibatda erkak qonun men tarafda deb o’ylab, zulm qilishda davom etadi”, - deydi Rusova.
Rossiya mintaqaviy ommaviy axborot vositalari muntazam ravishda Kreml uchun jang qilgan harbiylar, shuningdek Vagner harbiy guruhi sobiq a’zolari tarafidan sodir etilayotgan zo’ravonlikka asoslangan jinoyatlar haqida xabarlar chop etib turadi.
Ayrim hollarda ayblanuvchilar uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan bo'lsa, ba'zida ular yengil ogohlantirish bilan ozod qilingan.
Ukraina yaqinidagi Volgograd va Rostov janubiy viloyatlaridan biridagi holatda, qiz o’rtoqlarini pichoqlagan ikki harbiy yigitni jazosiz ozodlikka chiqarib yuborishgan. Jabrlanuvchilardan biri halok bo’lgan.
Buni ham ko'ring Rossiyalik jurnalistlar: Vatanda emasmiz, lekin Kreml ishlari fosh etilaveradiRossiyada zulmkor jinoyatchilarni javobgarlikka tortishdagi asosiy qiyinchilik bu – oila ichidagi zo’ravonlikni tergov qilishda ma’lum chegaralarning borligi hisoblanadi.
2017-yilda Rossiya maishiy zo’ravonlikning ayrim shakllarini dekriminallashtirib, ularni jinoyat emas, ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflab, jazolarni yengillashtirdi.
Huquq-tartibot idoralarining gumondorlarni vijdonan so’roq qilmasligi, jabrlanuvchilarning arz qilishga ishtiyoqi yo’qligi – ayollar huquqi himoyasining zaifligidan dalolat beradi, deydi faollar.
Mazkur oyda “AFP” agentligi Kremldan mahalliy matbuotda urush faxriylarining zo’ravonligiga oid chiqqan maqolalarga izoh berishni so’radi.
Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putinning yaqinda Ichki ishlar vazirligi rasmiylari bilan o’tkazgan uchrashuvida bu masala koʻtarilmagan.
“Zo’ravonlikning bu turi tashvishga sabab bo’ladigan muammo emas”, - dedi u.
‘Haqiqiy dahshat’
Shuningdek, Kreml harbiy qamoqxonadagi xavfli mahbuslarni jangga jo’natish g’oyasini yoqlab, agar ular jang maydonidan omon qaytsa, jamiyatga erkin qaytishiga yo’l ochib berishini aytdi.
“Konsorsium” tashviqot guruhi a’zosi Rusovaning aytishicha, Rossiyaning bir qancha qamoqxonalari oilasidagi zulmi uchun sudlangan mahbuslarni Ukrainadagi janglarga jalb qilganini tasdiqlagan.
Zo’ravonlik qurbonlaridan biri turmush o’rtog’ining Ukrainadagi jangda halok bo’lganini eshitib, yengil tortganini aytadi.
Nadejda ismli ayol bir yil avval urushdan qaytgan, “Vagner” harbiy guruhi a’zosi bo’lgan sobiq erining yana-da tajovuzkor bo’lib qolganini ta’kidlaydi.
“Vagner” guruhi urushning eng qonli janglarida qatnashib, o’n minglab yo’qotishlarga duch keldi. Guruh rahbari Yevgeniy Prigojinning isyonidan so’ng esa, Moskva guruhni tarqatib yubordi.
Nadejdaning eri urushdan giyohvand bo’lib qaytdi, u ayolidan “elitali” jangchilar qatorida xizmat qilganini va urush faxriysi ekanini hurmat qilishni talab qildi.
Ayol bir necha oy o’zini himoya qilishni so’rashdan uyalib va ikkilanib, o’zi bilan o’zi kurashgan.
Nihoyat, so’nggi tajovuzdan keyin, farzandlarining xavfsizligi uchun o’tgan yilning oxirida boshpana so’rab uyidan qochib ketgan.
Unga rahmi kelgan politsiya ofitseri sudga arznoma yozib murojjat qilishga yordam bergan va ayol uchun kutilmagan tarzda sobiq eri hibsga olingan.
“Biz bu “dahshatli tush” ichida yashardik, unga o’rganib qolgandik, bu jiddiy muammo deb o’ylamasdik. Ammo hozir orqaga qarasam, hayotimiz haqiqiy dahshatga to’la ekanligiga amin bo’laman” – deydi ayol.
Nadejda va uning bolalariga hozirda ruhiy yordam berilmoqda. Ammo u hali ham qo’rquv ichida yashaydi, sobiq erining qachondir ozod bo’lib, qasos olishidan xavotirda.
“Yurganimda doim atrofga qarayman, go’yoki oldimda paydo bo’lib hujum qiladigandek tuyuladi”, - deydi Nadejda “AFP” agentligiga.
“Goyoki doim pichoq bilan meni poylab yurgandek, miyamga shu xayol o’rnashib qolgan”, - deya qo’shimcha qiladi u.